Jamiyat

KXSHT va YEOII prezidentlarining Sankt-Peterburgda uchrashuvi

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Fotobankka oʻtishPetropavlovskaya krepost
Petropavlovskaya krepost - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun Sankt-Peterburgda KXSHT va YEOII malakatlari rahbarlari yaʼni Armaniston, Belorussiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Rossiya prezidentlarining uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 26 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bugun Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtadigan KXSHT va YEOII Oliy kengashi (YEOOK) sammitlarida ishtirok etadi,  deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.

“YEOOKuchrashuvi davomida Armaniston, Belorussiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Rossiya rahbarlari YEOIIning ikki yillik faoliyati natijalarini qayd kilishadi va tashkilotning kelajakda rivojlanish yoʻnalishlarini belgilab olishadi. Sammitning asosiy mavzusi – YEOIIning Bojxona kodeksini imzolash boʻladi”, — deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.

Sammitda, shuningdek bir qator muhim hujjatlar qabul qilish rejalashtirilgan. Ular Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi hududida yagona mahsulotlar va xizmatlar

Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Sergey Lavrov KXSHT mamlakatlari elchilari bilan uchrashdi
bozori tashkil qilishga qaratilgan. Tashkilot rahbarlari ittifoqning 2017 yilgi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini hamda, ittifoq va uning muhim savdo-iqtisodiy hamkorlari orasidagi munosobatlarning muhim jihatlarini belgilab olishlari kerak.

Matbuot xizmati xabariga koʻra, KXSHT sammiti doirasida Armaniston, Belorussiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Tojikiston rahbarlari tashkilotning kundalik faoliyatini taʼminlash va ittifoqchilik munosabatlarining muhim jihatlarini muhokamam qilishadi.  Shuningdek, global va regional voqealar kundaligi boʻyicha, jumladan xalqaro terrorchilik, ekstremizm, noqonuniy qurol-yarogʻ savdosiga qarshi kurash borasida ham fikr almashish rejalashtirilgan.

Ostona — Suriya muzokaralari oʻtkazish uchun yangi maydon

Biroz oldin, Vladimir Putin, Suriyada tinchlik oʻrnatish masalasi boʻyicha Turkiya rahbari Toyyip Erdoʻgʻon bilan Ostonada muzokaralar oʻtkazish haqida kelishib olganinii xabar bergan edi. Ushbu muzokaralar, Rossiya  prezidenti fikriga koʻra, Jeneva muzokaralarining davomi boʻlib ularni toʻldirishi mumkin. Ushbu taklifga Qozogʻiston prezidenti Nazarbayev ham rozi boʻlgan edi.

Suriyadagi vaziyat - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
OAV: Suriya muxolifati va "Al-Qoida" birlashmoqchi

OAV xabariga koʻra Ostonadagi muzokaralarda Suriya hukumati va qurollangan muxolifat vakillari ishtirok etadi. Suriya muxolifati tomonidan Ar-Riyodda tashkil etilgan “Muzokaralar Oliy qoʻmitasi” vakillari ishtirok etishi nazarda tutilmagan. Ostona muzokaralarining aniq sanasi hozircha belgilangani yoʻq.   

Rossiya, Qozogʻiston va Turkiya rahbarlari orasidagi Ostona muzokaralari tashkil qilish borasida dastlabki muhokama telefon orqali yakshanba kuni boʻlib oʻtdi.

Rossiya – Qozogʻiston munosabatlari

Maʼlumki, ushbu ikki davlat munosabatlari bir-biriga chambarchas bogʻliq. 2016 yil davomida ikki davlat rahbarlari besh marta uchrashishgan edi. Bugungi uchrashuv esa oltinchisi boʻlishi kerak.

Aleksandr Sajnov - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ekspert: oʻzbek biznesi YEOII bilan munosabatlarni izga solishi mumkin

Rossiya Qozogʻiston hamkorligining asosini yonilgʻi-energetika majmuasi tashkil qiladi. Ikki mamlakat energetika sohasi yonma-yon hamkorlik qilmoqda. Atom energetikasi sohasida Qozogʻistondagi uran konlardan birgalikda foydalanilmoqda. Neft-gaz sohasida Qozogʻiston nefti Rossiya hududi orqali eksport qilinmoqda. Qozogʻiston gazini sotib olish, Kaspiy dengizidagi loyihalar marketing va eksport masalalari ham Rossiya bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Undan tashqari kosmos sohasida ham hamkorlik davom etmoqda: Rossiya Qozogʻistondan “Baykonur” kosmodromini ijara muddatini 2050 yilga qadar uzaytirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala