Jamiyat

Oʻzbekistonlik saxiy sotuvchi Internet yulduziga aylandi

© FacebookKasal bolalarga yordam bergan Oʻzbekistonlik sotuvchi
Kasal bolalarga yordam bergan Oʻzbekistonlik sotuvchi - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya ulgurji bozorida savdo qilayotgan oʻzbekistonlik sotuvchi kasalxona bolalariga meva-sabzavotlar sovgʻa qildi. Ushbu voqea koʻplab Internet foydalanuvchilarining olqishiga sazovor boʻldi.

TOSHKENT, 26 dek — Sputnik. Bolalar uyiga bir necha quti meva sovgʻa qilgan oʻzbekistonlik sotuvchi internetda koʻpchillikning olqishiga sazovor boʻldi, deb yozadi Sputnik muxbiri.

Irina Fesenko ismli moskvalik ayol qarovsiz qolgan kasal bolalarga tez-tez yordam berib turar ekan. U Yangi yil oldidan ogʻir kasal bolalar yashaydigan kasalxona uchun meva cheva olgani Moskvadagi ulgurji oziq-ovqat bozorlaridan biriga yoʻl oladi.

© FacebookDavolanayotgan bolalar uchun sotib olingan mandarinlar
Apelsinы, kotorыe kupil Umar - Sputnik Oʻzbekiston
Davolanayotgan bolalar uchun sotib olingan mandarinlar

Bozorda bir necha quti mandarin sotib olib oladi, keyin oʻzbekistonlik sotuvchidan qovun sotib olishga qaror qiladi.  

"Sotuvchi qovunni taroziga qoʻya turib, mendan bir necha quti mandarin bir kishi uchun jaa koʻp emasmikin, deb soʻradi. Shunda, men bu mandarinlar bolalar uyi uchun Yangi yil bayramiga deb tushuntirdim. Rus tilida zoʻrgʻa gapirayotgan sotuvchi, mendan mandarinlar qayer uchun deb yana bir marta soʻradi va uning yuzi jiddiylashdi. Keyin, u bir quti xurmoni olib menga tutqazdi — buni ham ol bolalarga meni nomimdan berib qoʻyasan, dedi. Mening his tuygʻularim chalkashib ketdi, nima deyishniyam bilmay qoldim…. olsammi, olmasammi… Sotuvchi boʻlsa yana savol berishga tushdi: nima u bolalarning onalari yoʻqmi?  Onalari bor, lekin ular kasalxonada,  ularning koʻpi tuzalmas kasallikka chalingan. Biz ular uchun kichkina bayram qilib bermoqchimiz, — dedim. Shundan keyin sotuvchi bir quti eng yaxshi oʻzbekiston pomidorlarini olib aravacha ustiga qoʻydi — bu ham bolalarga. Yoʻq, yoʻq, rahmat kerak emas, bolalarga pomidor mumkin boʻlmasa kerak, — deyman men… Mumkin, mumkin men bilaman, deydi u,  faqat bolalarga berayotgan vaqting "Olloh Umarga xayr qil" degin, dedi menga.

Mashina tomon yoʻl olarkanman, koʻzimga yosh keldi, tomogʻimga bir narsa tiqilgandek boʻldi. Ha, biz turli din vakillarimiz, lekin ularning har birida muhabbat, rahm-shafqat va yaqin kishi haqida gʻamxoʻrlik qilish bor. Rahmat senga Umar! Xudo seni asrasin"

Shunday soʻzlar bilan Irina Fesenko oʻz hikoyasini yakunlaydi.

Facebook tarmogʻida aytib berilgan ushbu voqea ostida olti mingga yaqin kishi "yoqdi" tugmachasini bosgan va yana yuzlab kishilar izoh qoldirgan. Koʻpchillik  oʻz izohini "Olloh Umarga xayr qil" soʻzlari bilan yakunlagan.

© FacebookUmar sovgʻa qilgan pomidorlar
Pomidorы, kotorыe kupil Umar - Sputnik Oʻzbekiston
Umar sovgʻa qilgan pomidorlar
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala