Qora dengizda Tu-154 samolyotining fuzelyaji topildi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishQora dengizda qutqaruv operatsiyasi
Qora dengizda qutqaruv operatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qutqaruvchilar Qora dengiz qirg‘og‘idan 1,8 km uzoqlikda halokatga uchragan Tu-154 samolyotining fuzelyajini topishdi.

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Rossiya FVVning Janubiy hudud qutqaruvchi g‘avvoslari Qora dengiz tubida halokatga uchragan Tu-154 samolyotining fuzelyajini topishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, samolyot qoldiqlari qirg‘oqdan 1 milya (1,8 km) uzoqlikda, 27 metr chuqurlikda joylashgan. Xabarlarga ko‘ra, halokatda qurbon bo‘lganlarning aksariyati aynan fuzelyaj (korpus) ichida bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Mudofaa vazirligiga tegishli bo‘lgan Tu-154 samolyoti 25-dekabr kuni Qora dengiz ustida halokatga uchragan edi. Samolyot ichida 92 kishi bor edi. Yo‘lovchilarning aksariyati nafar harbiy ansambl artistlari bo‘lishgan. Shuningdek samolyotda 9 nafar jurnalistlar ham bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0