Migratsiya

Oʻzbekistonda xorijiy valyutadan foydalanish muddati oʻzgardi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishAQSH dollari
AQSH dollari - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Vakolatli banklar tomonidan sotib olingan xorijiy valyutadan foydalanish muddati 7 ish kunidan 15 ish kunigacha uzaytirildi

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20 dekabr kuni tegishli Farmonga imzo chekdi. Bu haqda Lex.uz portalida maʼlum qilinmoqda.

Hujjatga koʻra, mijozlarning talabnomalari boʻyicha vakolatli banklar tomonidan sotib olingan xorijiy valyutadan foydalanish muddati 7 ish kunidan 15 ish kunigacha uzaytirildi, shundan keyin u soʻzsiz qayta sotilishi kerak.

Xuddi shunday oʻzgartirishlar Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 iyundagi 245-son “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va “Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi (10.07.2001 yildagi 294-son VMQ bilan tasdiqlangan) Nizomga ham kiritildi.

Yangiliklar lentasi
0