Dunyoda

Filippin prezidenti BMTga oʻt qoʻymoqchi

© AFP / ROSLAN RAHMANRodrigo Duterte
Rodrigo Duterte - Sputnik Oʻzbekiston
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte "BMTni yoqib yuborish" bilan tahdid qildi

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte BMTni yoqib yuborish bilan tahdid qildi, deb xabar beradi Sputnik Moldova RIA Novostiga asoslanib.

"Siz BMTga shikoyat qilishingiz mumkin, men esa BMTga oʻt qoʻyaman, agar istasangiz. Agar Amerikaga borsam, BMTni yoqib yuboraman", — dedi Duterte.

Ilgariroq BMTning Inson huquqlari boʻyicha oliy komissari Zayd Raad al Husayn Dutertening ilgari qotillik qilgani haqidagi soʻzlaridan soʻng Filippin hukumatini tekshiruv oʻtkazishga chaqirgandi. Shundan soʻng Duterte uni "ahmoq" deb atagandi.

BMTning maʼlumot berishicha, Duterte hokimiyat tepasiga kelgan kundan boshlab mamlakatda narkotik moddalar oldi-sotdisida gumon qilingan 6 mingdan ortiq kishi oʻldirib yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala