Rahmon O‘zbekiston bilan munosabatlar yaxshilanishini qo‘llab-quvvatlaydi

© ofitsialnaya stranitsa press-slujbi prezidenta RT / Mediabankka o‘tishRustam Azimov va Emomali Rahmon
Rustam Azimov va Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar iqtisodiyot, savdo, transport va kommunikatsiya, suv, energetika, madaniyat, chegaralar muhofazasi bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari haqida fikr almashdilar

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Rustam Azimov Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Emomali Rahmon O‘zbekiston rahbariyati va xalqini yuqori darajada o‘tgan Prezidentlik saylovlari bilan yana bir bor samimiy qutladi.

Tojikiston prezidenti O‘zbekiston rasmiy hukumat delegatsiyasining Tojikistonga tashrifini davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish borasidagi muhim qadam deb atadi.

"Tojikiston o‘zbek tomonining ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlarni tiklash borasidagi tashabbusini ijobiy baholaydi. Tojikiston temir yo‘l uchastkalarini tiklash, temir yo‘lda yuk tashish tariflarini pasaytirish, elektr energiyasi import va eksportini qayta yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jalik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, viza tizimini bekor qilish va soddalashtirish hamda chegara masalalari borasidagi munosabatlarni yaxshilash tarafdori", — dedi Emomali Rahmon.

Dushanbeda O‘zbekiston-Tojikiston davlatlararo komissiyalar uchrashuvi boshlanmoqda

Tomonlar iqtisodiyot, savdo, transport va kommunikatsiya, suv, energetika, madaniyat, chegaralar muhofazasi bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari haqida fikr almashdilar hamda mazkur sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish borasida o‘z takliflarini bildirdilar.

Uchrashuv davomida mintaqa va jahondagi harbiy-siyosiy vaziyat, terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi va boshqa transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha ham fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Dushanbega Rustam Azimov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi tashrif buyurdi. Uchrashuvlar kun tartibidan sanoat mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirish va kengaytirish, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlik, ikki mamlakat bojxona xizmatlari, madaniy-gumanitar hamkorlik, ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish va boshqa masalalar o‘rin olgan.

Yangiliklar lentasi
0