Sport

"Lokomotiv" safida ivuarlik legionerlar koʻrikdan oʻtmoqda

"Lokomotiv" 21 dekabrdan yangi mavsum oldidan ilk yigʻinini boshladi

TOSHKENT, 27 dek – Sputnik. Toshkentning “Lokomotiv” futbol jamoasi tarkibida ikki nafar kot d’ivuarlik legionerlar koʻrikdan oʻtmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati maʼlum qilmoqda.

"Lokomotiv" 21 dekabrdan yangi mavsum oldidan ilk yigʻinini boshladi. Ayni paytda "temiryoʻlchilar" mashgʻulotlarni davom ettirishmoqda.

Lokomotiv jamoasini taqdirlash marosimi - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
"Lokomotiv" aʼzolariga medallar va mashina kalitlari topshirildi

Yigʻinda koʻrikda boʻlib turgan kot d’ivuarlik legionerlar – 23 yoshli markaziy himoyachi Muhammad Gnontcha Kone hamda 19 yoshli hujumchi Gnoxere Krizolar ham ishtirok etishmoqda. Bugungi mashgʻulotda ikkala futbolchi ham qatnashdi. Ertaga jamoa murabbiylar shtabi bu futbolchilarning harakatlariga “Olmaliq”qa qarshi oʻtadigan oʻrtoqlik uchrashuvida baho berib olish imkoniga ega boʻlishadi.

Agar Kone hamda Krizoning harakatlari murabbiylarga maʼqul kelsa, ular jamoaning navbatdagi yigʻinlariga ham taklif etiladi.

Qayd etish joizki, Muhammad Kone ilgari Gretsiya, Moldova, Kipr chempionatlarida oʻynashga ulgurgan. Gnoxere Krizo esa Belarus va Moldova chempionatlarida harakat qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala