TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Soʻnggi xabarlarga koʻra, "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi Rossiyaning xorijda joylashgan diplomatik vakolatxonalariga hujum uyushtirishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Shu bois, Rossiya Federatsiya Kengashi vitse-spikeri Ilyas Umaxanov xorijdagi vakolatxonalar xavfsizligini kuchaytirishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Eslatib oʻtamiz, Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov 19-dekabr kuni Anqarada fotokoʻrgazma ochilishi tadbirida otib oʻldirilgan edi. Turkiya hukumati hujum politsiya xodimi Mevlyut Mert Altintash tomonidan amlaga oshirilgani va voqea joyining oʻzida mahalliy kuch ishlatish xodimlari tomonidan yoʻq qilingani haqida xabar qilgan.
Rossiya Tergov qoʻmitasi ushbu yuzadan "xalqaro terrorchilik akti" moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻadi.