Jamiyat

Oʻzbekistonda xavfsizlik choralari kuchaytirildi

© Sputnik / Denis Petrov / Fotobankka oʻtishHuquqni muhofaza qilish xodimi
Huquqni muhofaza qilish xodimi - Sputnik Oʻzbekiston
Bu jarayonda mahalliy hokimliklar, jamoat tashkilotlari vakillari, xususan, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, posbonlar faol ishtirok etib, tadbirlar davomida aniqlanayotgan kamchiliklar, huquqbuzarliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmoqda

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Ichki ishlar idoralari tizimida bayram kunlari tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilmoqda, deb xabar qilmoqda Uz24 nashri mahalliy OAVlarga tayangan holda.

Xabarda aytilishicha, bunda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati va yongʻin xavfsizligini taʼminlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Portlovchi pirotexnika vositalari - Sputnik Oʻzbekiston
"Super Juk": bombochkalarni Oʻzbekistonga olib oʻtishga uringan shaxs qoʻlga olindi
"Yurtimizning har bir goʻshasi, ayniqsa, bayram tadbirlari oʻtkaziladigan joylar soha xodimlarining alohida eʼtiborida. Noxush holatlar yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik, xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan maxsus reydlar oʻtkazilmoqda. Bu jarayonda mahalliy hokimliklar, jamoat tashkilotlari vakillari, xususan, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, posbonlar faol ishtirok etib, tadbirlar davomida aniqlanayotgan kamchiliklar, huquqbuzarliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmoqda", — deyiladi xabarda.

Xabarda taʼkidlanishicha, pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qoʻyish borasida 37 mingdan ortiq reyd oʻtkazilgan. Natijada 127 holat aniqlanib, ular yuzasidan toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun tegishli idoralarga yuborilgan. 150 mingga yaqin pirotexnika vositalari musodara qilingan.

Bayram arafasida yongʻin xavfsizligi tadbirlari yanada kuchaytirilgan. Soha xodimlari aholi oʻrtasida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirish ishlarini davom ettirmoqda.

Huquqni muhofaza qilish organlari operatsiyasi. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
IIV bayram oldidan xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda
Misol uchun, soʻnggi besh yilda sodir boʻlgan yongʻinlarning deyarli 80%i boshlangʻich davrida bartaraf etilgan. Natijada ming nafarga yaqin inson hayoti asrab qolingan, 460 milliard soʻmlikdan ortiq mol-mulk qutqarib qolingan.

Bayram kunlari yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Yoʻl-patrul xizmati maskanlarida avtotransport vositalari qatʼiy tekshiruvdan oʻtkazilmoqda. Aholi xavfsizligini taʼminlash uchun barcha jamoat transportlari texnik koʻrikdan oʻtkazildi. Bayram tadbirlari oʻtkaziladigan maydonlar atrofidagi yoʻllar va yoʻl belgilari koʻzdan kechirilib, kamchiliklar bartaraf etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala