Iqtisod

Oʻzbekistondagi 28 shaharning koʻcha yoritish tizimlari almashtirilishi lozim

© Sputnik / Sergey Averin / Fotobankka oʻtishShahar yoritish tizimi
Shahar yoritish tizimi - Sputnik Oʻzbekiston
Vaziyatni oʻnglash uchun mamlakatda 2020 yilgacha moʻljallangan tashqi yoritish tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Oʻzbekistonning 28ta shahrida tashqi yoritish tizimi almashtirishga muhtoj. Bu haqda Moliya vazirligi bergan maʼlumotda aytildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Vazirlikning maʼlumotiga koʻra, bugungi kunda respublikaning 28 ta shahrida moddiy va maʼnan eskirgan hamda energiya isteʼmoli koʻp boʻlgan koʻcha chiroqlaridan foydalanilib kelinmoqda.

"Dastlabki maʼlumotlarga koʻra 2 779,2 km uzunlikdagi koʻchalarda modernizatsiya qilinishi talab etiladigan 82 883 ta koʻcha chiroqlari mavjud", — deyiladi vazirlik maʼlumotida.

Jamiyat
Pushkin xiyobonida quyosh batareyali chiroqlar paydo boʻldi

Vaziyatni oʻnglash uchun mamlakatda 2020 yilgacha moʻljallangan tashqi yoritish tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan. Unga asosan mavjud energiya isteʼmoli koʻp boʻlgan koʻcha chiroqlari yorugʻlik diodli texnologiyalar asosidagi zamonaviy energiya tejovchi chiroqlar bilan almashtiriladi.

Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan 28 ta shaharning tashqi yoritish tizimini modernizatsiya qilish loyihasining umumiy qiymati 84,8 milliard soʻmni tashkil qiladi va kelasi yilda bu maqsad uchun 24 milliard soʻm ajratiladi. Oʻzbek ekspertlarining fikricha, dasturning amalga oshirilishi mazkur shaharlardagi koʻchalarning tashqi yoritish sifati yaxshilanishini taʼminlaydi va aholining farovon turmush kechirishi uchun qulay sharoitlar yaratadi.

Elektrostantsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda energiyani tejashga yanada eʼtibor qaratiladi

Bundan tashqari, tashqi yoritishda sarflanadigan elektr energiya isteʼmoli yiliga 30 ming kVtga, shu bilan birga davlat byudjeti parametrlarida ushbu maqsadlar uchun rejalashtiriladigan byudjet xarajatlarining qisqarishiga erishiladi.

Shu bilan birga Islom taraqqiyot banki ishtirokida Toshkent shahri koʻchalarini yoritish tizimiga energiya samaradorligi yuqori boʻlgan texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha loyiha amalga oshirilmoqda. ITB loyihani amalga oshirish uchun 36 million dollar miqdorida kredit ajratgan.

Loyihani amalga oshirish doirasida 120 mingta eskirgan chiroqlar energiya tejash samaradorligi yuqori boʻlgan chiroqlar bilan almashtiriladi. Shuningdek, tashqi yoritish tizimi masofadan boshqariladigan avtomatlashgan tizim joriy etiladi.

Mustaqil ekspertlarning baholashlaricha, loyiha amalga oshirilgach, yangi tizim samaradorligi evaziga poytaxtda yiliga 3 million dollargacha mablagʻ tejaladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala