O‘zbekistonliklarga yangi yilga tayyorlanishga internet yordam beradi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishQorbobo telefon bilan
Qorbobo telefon bilan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OLX e’lonlar xizmati jamoasi o‘zbek internet tarmog‘i orqali qanday yangi yil ashyolarini sotib olish mumkinligini o‘rgandi

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekistonliklar endilikda yangi yil arafasida xarid uchun magazin va bozorlargamas, internetga murojaat qilishmoqda.

Bayram bilan bog‘liq eng ommaviy so‘rovlardan biri archa o‘yinchoqlaridir. 32 dona turli bezaklardan iborat to‘plam onlayn orqali 5 ming so‘mga sotilmoqda.

Sobiq sovet davridagi shar va o‘yinchoqlar jamlamasini 250 ming so‘mga sotib olish mumkin. Qo‘lda tayyorlangan archa o‘yinchog‘ining bir donasi uchun 5 ming so‘ralmoqda.

Uy yoki hovlini bezash uchun buyurtma asosida tayyorlangan bezaklar narxi ming so‘mdan boshlanadi.

Archa chiroqlarining bir metri 5 ming so‘mdan boshlanadi.

© OLX / Oksana VengrovskayaYangi yilga tayyorgarlik internet orqali
Kak podgotovitsya k Novomu godu s pomoshyu interneta - Sputnik O‘zbekiston
Yangi yilga tayyorgarlik internet orqali

E’lonlar servisida turli sovg‘alar — finjon va o‘yinchoqlardan shirinliklar to‘plamigacha topish mumkin. Teri uchun shakarli va qahvali skrablar, turli shakldagi sovunlardan iborat kosmetika to‘plamini o‘rtacha 100 ming so‘mga xarid qilish mumkin. Yumshoq o‘yinchoq va shokoladdan iborat to‘plam ham shuncha turadi.

Dekabrda ko‘pchilik bolalarning bayram ertaliklari uchun liboslar izlaydi. Qizlar uchun rus go‘zali libosi 45 ming so‘mdan taklif etilmoqda, bolalar uchun kulrang bo‘ri kiyimi 40 ming so‘m sotilmoqda. Qorbobo, Qorqiz, Qorparcha, Pyero, olmaxon yoki tulki kiyimlarini 50 ming so‘mga ijaraga olish mumkin. Kattalar uchun bayram liboslari 150 ming so‘mdan taklif etilmoqda.

OLX e’lonlar xizmati (ilgari Torg.uz) orqali 130 mingdan ortiq turli takliflar bildirilgan bo‘lib, har oyda 80 mingta qo‘shiladi. OLX dunyodagi yetakchi bepul e’lonlar onlayn maydonchasi bo‘lib, dunyoning 40dan ortiq mamlakatida faoliyat ko‘rsatadi. U Naspers media va raqamli kompaniyasiga tegishli.

Yangiliklar lentasi
0