Hodisalar

Samarqandda giyohvand modda sotuvchi yirik guruh aʼzolari sudlandi

Sudda ayblanuvchilar oʻz ayblariga toʻliq iqror boʻlishdi va qilgan ishlaridan afsusda ekanliklarini bildirishdi. Sud hukmiga koʻra Marhabo Xojanova Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 223, 246 va 273-moddalari bilan aybdor deb topilib, 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand tuman sudi Tojikistondan koʻp miqdorda giyohvand moddalarni olib oʻtish bilan shugʻullanuvchi uyushgan jinoiy guruh aʼzolari bilan bogʻliq jinoiy ishni koʻrib chiqdi, deb maʼlum qildi kuch tizimidagi manba Sputnik muxbiriga.

Guruh tarkibiga Tojikiston, Oʻzbekiston fuqarolari va fuqaroligi yoʻq shaxslar kirgan. Qisqa vaqt ichida ular qoʻshni davlat hududidan Oʻzbekiston va Rossiyaga giyohvand modda oʻtkazishni yoʻlga qoʻyishgan.

"Oʻzbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari giyohvand moddalar aylanmasi, kontrabandasi va Oʻzbekistonga noqonuniy yoʻl bilan kirgani uchun ikki bor sudlangan Tojikiston fuqarosi Marhabo Xojanova respublika hududiga yirik miqdordagi afyun moddasini olib kirishni rejalashtirayotgani haqida maʼlumot olishdi", — dedi manba.

Xojanova Oʻzbekistonga 30 kiloga yaqin afyun olib kirishda ayblanib aʼzolari turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan jinoiy guruhga aloqadorligi bois 2014 yil may oyidan buyon qidiruvda boʻlgan.

Giyohvand modda - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Surxondaryoda afgʻonistonlik fuqaro 30 kilo afyun bilan ushlandi

Afyunfurushlar Tojikistonning Panjikent tumanidan Toshkent viloyatining chegaradosh Bekobod tumaniga, soʻngra Samarqand viloyatiga yoʻl olishni rejalashtirishgan.

"Kelishuvga koʻra, Tojikiston fuqarolaridan iborat jinoiy guruh aʼzolari giyohvand moddalarni Bekobod tumaniga yetkazib berishadi. Bu yerda narkokuryerlar "tovar"ni aylanma yoʻllar orqali rasmiy chegara oʻtkazuv punktlarini chetlab Oʻzbekistonga kirishga muvaffaq boʻlgan Marhabo Xojanovaga berishadi", — dedi suhbatdosh.

Amalga oshirilgan maxsus operatsiya chogʻida MXX tezkor xodimlari Sirdaryo viloyatining "Xovos" YPX postida Marhabo Xojanova va uning sherigi Karimjon Tursunovni qoʻlga olishdi. Jinoyatchilar ketayotgan "Matiz" rusumli avtomashina koʻzdan kechirilganida, uning ichida 4,5 kilogrammdan ortiq afyun moddasi borligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Karimjon Tursunovning qarindoshi boʻlgan Bekobod tumanida yashovchi Abduxalil Muratovning uyi koʻzdan kechirilganida, bu yerda ilgari kontrabanda yoʻli bilan Tojikistondan keltirilgan yana ikki kilogrammga yaqin afyun topildi.

Koʻrib chiqilgan jinoyat ishi doirasida MXX tezkor xodimlari jami 6 kilogramm 560 gramm giyohvand moddani musodara qilishdi.

Sudda ayblanuvchilar oʻz ayblariga toʻliq iqror boʻlishdi va qilgan ishlaridan afsusda ekanliklarini bildirishdi. Sud hukmiga koʻra Marhabo Xojanova Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 223, 246 va 273-moddalari bilan aybdor deb topilib, 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Uning sherigi Karimjon Tursunov Jinoyat kodeksining 273-moddasi boʻyicha aybdor deb topilib, 13 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Jinoyatchilar jazo muddatini umumiy tartibgai koloniyalarda oʻtaydigan boʻlishdi. Tez orada Abduxalil Muratovga nisbatan ham sud hukmi eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala