Jamiyat

Oʻhoʻ! Yetti kunning eng muhim 7 xabari

2016 yilning soʻnggi oyi soʻnggi haftasi ham yakuniga yetish arafasida. Shiddat bilan oʻtayotgan har bir kunimiz hayratga soluvchi biror xabar bilan yodda qolmoqda. Xoʻsh, dekabrning oʻtgan haftasi bizni qanday xabarlar hayratga soldi?

1. Narxi ikki baravarga arzonlashadigan namunaviy uylar

Oʻtgan haftada oʻzbekistonliklarning xursandchiligiga sabab boʻladigan eng quvonchli xabar bu namunaviy uylarning narxi hozirgidan ikki baravarga arzonlashishi boʻldi. "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi vakilining aytishicha, agarda 2016 yilda uch xonali yoki besh xonali namunaviy uylarning narxi 175 milliondan 214 million soʻmgachani tashkil etgan boʻlsa, yangi namunadagi uylarning narxi 85 milliondan 170 million soʻmgacha boʻladi.

Bu uylar uchun ipoteka kreditlari 15 yilga uch yillik imtiyozli muddat bilan va dastlabki besh yil davomida 7%lik foiz stavkasi bilan beriladi. Keyingi yillarda foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydi. Bu uylarni sotib olish uchun dastlabki toʻlov 15%ni tashkil etadi.
Zamonaviy, shinam va qulay, asosiysi, narxi kishini seskantirmaydigan uylarni sotib olish hammaga nasib etishini tilaymiz.

© Sputnik / Igor Ageyenko / Fotobankka oʻtishOʻzbekistonda namunaviy uylar narxi ikki baravarga arzonlashadi
Ctroitelstvo domov po tipovomu proyektu - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda namunaviy uylar narxi ikki baravarga arzonlashadi
2. Atambayevning Oʻzbekistonga tashrifi

Oʻtgan haftaning eng muhim yangiliklaridan biri, bu Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayevning Oʻzbekistonga tashrifi boʻldi. Rasmiy tashrif bilan Samarqandga kelgan Qirgʻiziston prezidenti Hazrati Xizr majmuiga tashrif buyurib, Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi va uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shundan soʻng, Qirgʻiziston prezidenti Oʻzbekistonning yangi rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan ikki mamlakat oʻrtasidagi masalalar yuzasidan muzokara oʻtkazdi. Muzokaralarda ikki davlat rahbarlari siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish masalalarini muhokama etib, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik qator muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Atambayev Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomashinalarga qiziqish bildirdi. Shavkat Mirziyoyev esa oʻzi ham dam olish kunlari aynan oʻzbek avtomobilidan foydalanishini aytdi.

© Press-slujba prezidenta KыrgыzstanaAlmazbek Atambayevning Oʻzbekistonga tashrifi
Prezidentы Uzbekistana i Kыrgыzstana Shavkat Mirziyoyev i Almazbek Atambayev - Sputnik Oʻzbekiston
Almazbek Atambayevning Oʻzbekistonga tashrifi
3. Rossiya Mudofaa vazirligining samolyoti Qora dengizga qulab tushdi

Oʻtgan juma kuni jahon afkor ommasini larzaga solgan xabar tarqaldi. Rossiya Mudofaa vazirligiga tegishli boʻlgan, ertalab radarlardan yoʻqolib qolgan Tu-154 samolyoti halokatga uchragani maʼlum boʻldi. Rossiyadan Suriyaga yoʻl olgan samolyot bortida 92 yoʻlovchi boʻlib, ular orasida Aleksandrov nomli orkestr artistlari, 9 nafar jurnalist va 8 ekipaj aʼzosi bor edi.Halokatda hech kim omon qolmagani maʼlum boʻldi. Qidiruv operatsiyalari chogʻida samolyotning qora qutilari dengiz tubidan tortib olinib, ulardagi yozuvlarni oʻrganish uchun Moskvaga joʻnatildi. Samolyot halokati bilan bogʻliq dastlabki tafsilot ham paydo boʻldi.

© Sputnik / Yuriy Strelets / Fotobankka oʻtishSochidan parvoz qilgan Tu-154 samolyoti halokatga uchradi
Samolet Tu-154M, avariyno sevshiy v Komi, otremontirovan v Samare - Sputnik Oʻzbekiston
Sochidan parvoz qilgan Tu-154 samolyoti halokatga uchradi
4. Oʻzbek armiyasiga chaqiruv yangi qoidalar asosida oʻtadi

Endilikda oʻzbek armiyasi safidan oʻrin olish uchun xizmatga chaqirilayotgan yoshlar mamlakat tarixi, matematika, ona tili va adabiyotidan test topshiriqlarini yechishlari kerak boʻladi.

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan chaqiriluvchilar tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarligini aniqlash boʻyicha sinovlar 25 sentyabrdan kelgusi yilning 15 yanvarigacha mudofaa organlari tomonidan, ularning bilim darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlari esa 10 oktyabrdan kelgusi yilning 15 yanvarigacha Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi.

Tanlov ishtirokchilari test topshiriqlarini bajarib boʻlishgach, Davlat test markazi ularning javoblari asosida oʻrtacha ballni chiqaradi va bu armiya safidan oʻrin olishning oʻziga xos plankasi sifatida xizmat qiladi. Oʻrta balldan yuqori ball olganlar xizmatga roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Yangi tartib Markaziy Osiyoda eng qudratli deb tan olingan Oʻzbekiston armiyasining yanada takomillashishiga xizmat qiladi deb ishonamiz.

© IA "Jaxon"Armiyaga yangicha tartib asosida qabul qilinadi
Voyennoslujaщiye armii Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Armiyaga yangicha tartib asosida qabul qilinadi
5. Toshkent viloyatida yashirin qimorxona topildi

Militsiya xodimining qimorxona tashkil etganini eshitganmisiz? Afsuski, shunaqasi ham boʻlarkan. Toshkent viloyati hududida Oʻzbekiston MXX xodimlari tomonidan yashirin qimorxona tashkil qilgan jinoiy guruh faoliyati toʻxtatildi. Xabarga koʻra, qimorxona tashkil etilgan uy egasi militsiya serjanti, IIV Qoʻriqlash boʻlinmasi komendaturasi xodimi boʻlib, oʻtkazilgan maxsus operatsiya davomida ushbu uyda Toshkent viloyatining 21 nafar fuqarosi qoʻlga olindi. Ular orasida oldin bir necha marta sudlangan fuqarolar ham bor.

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Fotobankka oʻtishToshkent viloyatida yashirin qimorxona faoliyatiga chek qoʻyildi
Sportivnыy poker v shkole pokera PokerMoscow - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent viloyatida yashirin qimorxona faoliyatiga chek qoʻyildi
6. "ID" "Rossiyaning otib oʻldiriladigan diplomatlari roʻyxati"ni eʼlon qildi

Maʼlumki, 19 dekabr kuni Turkiya poytaxti Anqara shahrida Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov terrorchi tomonidan otib oʻldirilgandi.
Mazkur fojiadan keyin endigina oʻziga kelayotgan diplomatlar navbatdagi xabarga duch kelishdi.

Soʻnggi xabarlarga koʻra, "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi Rossiyaning xorijda joylashgan diplomatik vakolatxonalariga hujum uyushtirishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Shu bois, Rossiya Federatsiya Kengashi vitse-spikeri Ilyas Umaxanov xorijdagi vakolatxonalar xavfsizligini kuchaytirishga chaqirdi. "Ayni vaqtda "ID" va boshqa terrorchilik uyushmalari "otuvga hukm qilingan diplomatlar roʻyxatini" tayyorlashayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bunday tajriba oʻz vaqtida Kavkazda boshimizdan oʻtgan. Balki bu xabar haqiqatdan yiroqdir, ammo men xalqaro va mudofaa qoʻmitalariga bizning diplomatik vakolatxonalarimiz, vakolatxonalar xodimlari va ularning oila-aʼzolari xavfsizligini kuchaytirish boʻyicha protokol topshirigʻini berishni taklif qilaman", deb aytgan Umaxanov Rossiya Federatsiyasi kengashi majlisida.

7. Rahmon Oʻzbekiston bilan munosabatlar yaxshilanishini qoʻllab-quvvatlaydi

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Rustam Azimov Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

Suhbat chogʻida Emomali Rahmon "Tojikiston temir yoʻl uchastkalarini tiklash, temir yoʻlda yuk tashish tariflarini pasaytirish, elektr energiyasi import va eksportini qayta yoʻlga qoʻyish, qishloq xoʻjalik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, viza tizimini bekor qilish va soddalashtirish hamda chegara masalalari borasidagi munosabatlarni yaxshilash tarafdori" ekanligini bildirdi.

Tomonlar iqtisodiyot, savdo, transport va kommunikatsiya, suv, energetika, madaniyat, chegaralar muhofazasi boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari haqida fikr almashdilar hamda mazkur sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga toʻsiq boʻlayotgan omillarni bartaraf etish borasida oʻz takliflarini bildirdilar. Uchrashuv davomida mintaqa va jahondagi harbiy-siyosiy vaziyat, terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi va boshqa transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirish boʻyicha ham fikr almashildi.

© ofitsialnaya stranitsa press-slujbы prezidenta RT / Fotobankka oʻtishRustam Azimov Tojikistonga rasmiy tashrif bilan keldi
Vstrecha Emomali Raxmona s premyer-ministrom Uzbekistana Rustamom Azimovыm - Sputnik Oʻzbekiston
Rustam Azimov Tojikistonga rasmiy tashrif bilan keldi

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala