Jamiyat

Alisher Usmonov: Oʻzbekistonga investor sifatida taklif qilishsa - albatta boraman

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishAlisher Usmonov
Alisher Usmonov - Sputnik Oʻzbekiston
Alisher Usmonov Rossiya solq rezidentligini faqat Oʻzbekiston soliq rezidentliga almashtirishi mumkinligini aytdi.

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov "Rossiya 24"  telekanaliga bergan intervyusida Oʻzbekiston haqida toʻxtalib oʻtdi, RIA Novosti "Rossiya 24"  telekanali intervyusi asosida.     

Jurnalist bilan boʻlgan suhbatda Alisher Usmonov Rossiya soliq rezidentligidan chiqish sabablarini aytib oʻtdi. Xususan, u Xalqaro Qilichbozlik federatsiyasi rahbari lavozimida vakolati yakunlanganidan keyin Rossiya soliq rezidentligiga qaytishini maʼlum qildi. OAVda keng tarqalgan, soliq rezidentligidan chiqqishi bilan bogʻliq boshqa xabarlarning barchasini — uydirma dedi.

Alisher Usmonovning soʻzlariga koʻra, u hozir "xalqaro xizmat safarida boʻlgan, Rossiya soliq rezidenti". Xalqaro Qilichbozlik federatsiyasi (FIE) direktori sifatida, federatsiya talabiga koʻra uning bosh ofisi joylashgan mamlakatda yashashga majbur.  

Shu bilan bir vaqtda, Usmonov oʻz fuqarolik burchini toʻliq bajarayotganini va uning xayriya xarajatlari daromad soliqlaridan bir necha marta koʻpligini ham aytib oʻtdi.

"Men Rossiya solq rezidentligini faqat bir mamlakat soliq rezidentligiga almashtirishim mumkin — bu Oʻzbekiston… Qilichbozlik federatsiyasidagi vakolatim tugaganidan keyin Rossiya soliq rezidentligiga qaytaman, agar tugʻilib oʻsgan vatanimga chaqirib qolishmasa", — deb qoʻshimcha qildi Alisher Usmonov suhbat davomida.

32:10 Muxbir: Siz tugʻilib oʻsgan mamlakat haqida gapirsak, yaqinda Oʻzbekistonda yangi prezident saylandi. Nima deb oʻylaysiz, buning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga taʼsiri qanday boʻladi?

Men juda ijobiy deb oʻylayman… Yangi saylangan prezident ulkan boshqarish va davlat ishlari olib borish tajribasiga ega. Menimcha, har qanday muammoni hal qilish u kishining qoʻlidan keladi.

Men koʻp marta aytganman, men oʻzbekligimdan magʻrurlanaman. Men Oʻzbekiston mening ona yerim ekanligidan magʻrurlanaman. Men har doim, har daqiqada, Oʻzbekiston uchun, Oʻzbekiston rahbariyati uchun qoʻlimdan kelgan hama ishni qilishga tayyorman. Men Oʻzbekiston xalqiga va prezidentiga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

33:20 Siz oʻzingiz ushbu mamlakatga sarmoyalar hajmini oshirishni istamaysizmi?

Bilasizmi, chaqirilgan joyga borsang yaxshi. Men har doim meni taklif qilishgan joyga boraman. Ungacha esa — faqat qoʻlimdan kelgan yordamni berib turishim mumkin. Men albatta sarmoya qilishni istayman, shunday rejalarim bor. Hech boʻlmasa Moskvadagidek xayriya fondi ochish istagim bor. Buni albatta amalga oshirishim kerak. Men buning uchun ruxsat soʻrashga qaror qilganman.

34:01 Iqtisodga sarmoya kiritishni istamaysizmi?

Bu butunlay boshqa mavzu, alohida hisob-kitob talab qiladigan ishlar, lekin, men doimo tayyorman.

Toʻliq intervyu bilan qoʻyida tanishiningiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, kelib chiqishi Oʻzbekistonlik boʻlgan Alisher Usmonov dunyoda muvaffaqiyatli sarmoyador sifatida tanilgan. Usmonov bir necha bor Rossiyaning eng boy fuqarosi boʻlgan, dunyoning eng bor fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan edi. Oxirgi bir necha yil davomida Usmonov Rossiyaning eng saxovatli kishisi unvoniga ham sazovor boʻlgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala