Madaniyat

Rossiya birgina qoʻshiqlari bilan dunyoni zabt etishi mumkin - shaxsiy fikr

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishRossiya Bolalar xorining Kreml saroyida chiqishidan
Rossiya Bolalar xorining Kreml saroyida chiqishidan - Sputnik Oʻzbekiston
25-dekabr kuni Rossiyada halokatga uchragan Tu-134 samolyoti bortida Aleksandrov nomidagi qoʻshiq va raqs ansamblining 64 nafar artisti ham bor edi... Rossiya bolalar xori halok boʻlganlarni xotirlash uchun toʻliq tarkibda Kreml saroyida toʻplandi

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Kuni kecha Kreml saroyida "Tu-134" qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Rossiya Bolalar xori va Mariinsk teatri simfonik orkestri dirijyor Valeriy Gergiyev boshqaruvida xotira kontsertini taqdim etdilar.

Rossiyaning bosh harbiy dirijeri Valeriy Xalilov - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Rossiyaning bosh harbiy dirijeri - termizlik Valeriy Xalilov qurbon boʻldi
Aytish joizki, rus xalq qoʻshiqlari, vatan haqidagi qoʻshiqlar, Aleksandra Paxmutova kompozitsiyalarini ijro etar ekan, bolalar ovozlari uygʻunlashib, qoʻshilib ketdi. Zaldan tinmay "Tasanno!" (Bravo!) degan hayqiriqlar jaranglab turdi.

Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi oʻrinbosari Olga Golodets kontsertga tashrif buyurgan mahalliy OAV vakillariga xodimlariga tadbir borasida shunday fikr bildirdi: "Bugun bolalar taqdir taqazosi bilan halokatga uchragan samolyot bortida boʻlgan buyuk insonlarga va boshqa oddiy insonlarga atalgan bagʻishlovlarni ijro etdilar. Bu juda muhim edi, negaki, bolalar ham, zal ham xuddi butun boshli davlat singari mamlakat boshiga tushgan ogʻir judolikka sherik boʻldilar".

Har Yangi yil arafasida Kremlda kontsert qoʻyish Bolalar xori uchun allaqachon anʼanaga aylangan. Rossiya Bolalar xori butun mamlakatdan toʻplangan minglab bolalardan iborat.

Tashkilotchilarning soʻzlariga qaraganda xor butun tarkibda besh kun avval toʻplangan. Hatto bayram dasturi ham tayyor boʻlgan. Ammo 25 dekabrda roʻy bergan hodisa barcha rejalarni tubdan oʻzgartirib yuborgan. Yangi asarlarni repetitsiya qilishga vaqt yoʻqligi sabab, xayriya-tadbirida asosan bayram stsenariysi uchun tasdiqlangan qoʻshiqlar ijro etildi.

"Bugungi kontsert dasturini man qilish kerakdir, degan savol bilan hamkasblarim, doʻstlarimga murojaat qiladigan boʻlsam, aminmanki, ular "Musiqa har narsadan ustun. Hayot davom etaveradi", — deya javob bergan boʻlishar edi, deb taʼkidladi jurnalistlarga dirijer Valeriy Gergiyev.

Rossiya qurolli bilan mashhur, deyishadi… Bolalar xorida jarang topgan qoʻshiqlarni tinglar ekanman, beixtiyor Rossiya xori — bu uning qudrati ramzi, degan fikrga keldim. Rossiya qurolsiz ham, birgina xor orqali ijro etadigan qoʻshiqlari bilan ham dunyoni zabt etishi mumkin. U buni Kreml saroyidagi xotira-kontsertida isbotladi!

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala