O‘zbekistonning barcha shahar va tumanlarida Prezident Xalq qabulxonalari tuziladi

© Sputnik / StringerO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farmonga asosan barcha darajadagi Xalq qabulxonalari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xodimlari hisoblanishi belgilab qo‘yildi

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonga imzo chekdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tuziladi.

Farmonda bildirilishicha, mazkur qabulxonalar 2017-yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e’lon qilingani munosabati bilan hamda aholining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi ishi to‘g‘risidagi ko‘plab ijobiy fikrlarini e’tiborga olib, barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" degan tamoyilni amalda qaror toptirish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida tashkil etilmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti virtual qabulxonasi paydo bo‘ldi

Xalq qabulxonalarining tuzilishi fuqarolarning davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish, ularning murojaatlarini to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida, shu jumladan videokonferensaloqa orqali o‘tkazish tizimini yaratish imkonini beradi.

Murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish, Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, aybdor shaxslar javobgarligining muqarrarligini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati zimmasida bo‘ladi.

Farmonga asosan barcha darajadagi Xalq qabulxonalari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xodimlari hisoblanishi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari, barcha darajadagi hokimlarga jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini, shu jumladan Xalq qabulxonalari tomonidan tashkil etiladigan qabullarini muntazam o‘tkazib borishlari va har oyda Xizmatga murojaatlar bilan ishlashga oid, shu jumladan Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonadan ko‘rib chiqish uchun yuborilgan murojaatlar bilan ishlashga oid o‘z hisobotini taqdim etish vazifasi yuklatildi.

Virtual qabulxona sahifasi - Sputnik O‘zbekiston
Virtual qabulxona ishiga mas’uliyatsiz qaraganlarga chora ko‘rilmoqda

Bundan tashqari, davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablari va normalarini buzganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan javobgarlik xususida qat’iy ogohlantirishlari ko‘rsatildi.

Mazkur Farmonning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.Abdullayev zimmasiga yuklatildi.

Yangiliklar lentasi
0