Toshkentda Coca-Cola yuk mashinasi tirbandlikka sababchi bo‘ldi

© Foto stringera Sputnik UzbekistanYuk mashinasi tirbandlikka sabab bo‘ldi
Yuk mashinasi tirbandlikka sabab bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yuk mashinasi keskin burilgan chog‘ida yukxona eshigi ochilib atrofga Coca-Colaning shisha idishlari sochilib ketgan

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Toshkent shahri markazida Coca-Cola kompaniyasining yuk mashinasi tirbandliklar kelib chiqishiga sababchi bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Guvohlarning aytishlaricha, bo‘sh shishalarni olib ketayotgan yuk mashinasi Grand Mir mehmonxonasi oldidagi aylanada keskin burilgan chog‘ida yukxona eshigi ochilib ketgan va atrofga Coca-Colaning shisha idishlari sochilib ketgan.

Hodisa natijasida aylana atrofida o‘n daqiqa davomida tirbandlik yuzaga kelgan. Mazkur voqea fotosurati "Voditeli Tashkenta" guruhining sahifasida berilgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, atrofga sochilib ketgan shisha siniqlarini haydovchining o‘zi yig‘ishtirgan.

Yangiliklar lentasi
0