Shahram G‘iyosov Osiyoda yil kashfiyoti deb e’lon qilindi

© REUTERS/Peter CziborraShahram G‘iyosov
Shahram G‘iyosov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik ikki bokschi Osiyoning eng yaxshi bokschilari deb e’tirof etildi

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Osiyo boks konfederatsiyasi Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi Shahram G‘iyosovni "Yil kashfiyoti" deb e’lon qildi. Bu haqda konfederatsiyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Osiyo boks konfederatsiyasi (ASBC) 2016-yil sarhisobini qilib, turli nominatsiyalarda qit’aning eng yaxshi bokschilarini ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ovoz berish yo‘li orqali aniqladi.

Shahram G‘iyosovga foydalanuvchilarning 23,3%i ovoz bergan.

O‘zbekistonlik yana bir bokschi Jasurbek Latipov esa AIBA Pro Boxing (APB) yo‘nalishi bo‘yicha 2016-yilning eng yaxshi bokschisi deb tan olindi.

Yangiliklar lentasi
0