Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasi chaqirildi

© UZ24Toshkent shahar hokimligi
Toshkent shahar hokimligi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimi qaroriga muvofiq, 2016-yilning 29-dekabr kuni soat 11.00 da xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi o‘tkaziladi, deb xabar qilgan Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmati

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. 29 dekabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasi o‘tkaziladi, deb xabar qilgan Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

Toshkent viloyati hokimligi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimiyatini To‘ytepaga ko‘chirib, shaharni yangidan qurmoqchi
Toshkent shahar mahalliy budjetining 2016-yil 9 oylik ijrosi va 2017-yilga mo‘ljallagan budjeti parametrlari loyihasi to‘g‘risida;

Toshkent shahri bo‘yicha 2017-yil uchun mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari to‘g‘risida;

Toshkent shahrini 2017—2024 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari prognoz dasturini tasdiqlash to‘g‘risida;

2016 yil "Sog‘lom ona va bola yili" davlat dasturining ijrosi to‘g‘risida;

"Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan Chilonzor tumani hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

"Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida;

Toshkent viloyati hokimiyati - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining faoliyati to‘g‘risida;

Toshkent shahridagi ba’zi geografik obyektlar nomlarini tartibga keltirish to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasiga yordam beruvchi xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi ishchi guruhining 2017-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va doimiy komissiyalarining 2017-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida va boshqa masalalar.

Yangiliklar lentasi
0