Dunyoda

OAV: Rossiya, Turkiya va Eron Suriyani boʻlib olmoqchi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishPalmira shahri
Palmira shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya, Turkiya va Eron oʻrtasida tuziladigan shartnoma doirasida Suriya qator norasmiy taʼsir zonalariga boʻlinishi mumkin

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Ommaviy axborot vositalari Suriyaning taʼsir zonalariga boʻlib olinishi rejalari haqida xabar bermoqda, deb yozgan RIA Novosti.

Anadolu agentligi ilgarirov Anqara va Moskva 29 dekabr soat 00.00dan boshlab butun Suriya hududida sulh rejimi joriy etilishi haqida xabar bergan edi. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov esa tomonlar kelishuvi haqida Kremldagilar yetarlicha maʼlumotga ega emasligini taʼkidlagan.

Sankt-Peterburgda KXSHT sammiti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
KXSHT sammitida Putin Suriya va Afgʻonistondagi vaziyatga izoh berdi
Reyter agentligi xabariga koʻra, Suriya prezidenti Bashar Asad oʻz lavozimini kelgusi saylovlarga qadar saqlab qoladi. Shundan soʻng Suriya rahbarligini boshqa nomzod egallaydi, Asad va uning oilasi xavfsizligi esa kafolatlanadi, deb yozgan nashr.

"Hozirda shartnoma ustida ish olib borilmoqda, hujjat Suriya hukumati, qoʻzgʻolonchilar, Fors qoʻltigʻi mamlakatlari va AQSH bilan kelishilishi kerak", deb aytgan Rossiya pozitsiyasi bilan yaxshi tanish boʻlgan manba. Xabarda taʼkidlanishicha, ushbu shartnoma Asad tomonidan nazorat qilinadigan federal tuzilma tarkibida muxtoriyatni yaratish imkonini beradi.

"Soʻnggi kelishuvga erishish oson boʻlmaydi, ammo pozitsiyalar oʻzgargan", — deb taʼkidlagan Rossiya kengashining xalqaro masalalar boʻyicha bosh direktori Andrey Kortunov.

Kortunovning soʻzlariga koʻra, Asadni almashtiradigan bir nechta nomzodlar allaqachon muhokama qilingan. "Manba ularning ism-shariflarini keltirib oʻtishdan keskin bosh tortdi", — deb yozgan nashr.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala