Jamiyat

Oʻzbekistonning har bir shahrida "Nuroniylar maskani" bunyod etiladi

Yangi majmualarni loyihalashda boy kitob fondiga ega boʻlgan kitobxonlar zallari, shaxmat, shashka oʻynash uchun dam olish xonalari, keksalar uchun maxsus trenajyorlar bilan jihozlangan davolash-jismoniy tarbiya zallari joylashishi hisobga olinadi

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning har bir shahar va tumanida faxriylar uchun maxsus "Nuroniylar maskani" majmualarini qurish vazifasini topshirdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Davlat rahbari tomonidan har bir tuman va shaharlardagi madaniyat va dam olish istirohat bogʻlari hududida shunday majmualar qurish uchun hokimliklarga 2017 yil 1 sentyabrgacha muhlat berildi. Majmualar uchun barcha zarur bino va infrastruktura ajratiladi yoki qurib bitkaziladi. Bundan tashqari, keksalar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida majmualar qoshida "Nuroniy" jamgʻarmasining boʻlimlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Jamiyat
Oʻzbekistonda "Mehnat faxriysi" koʻkrak nishoni taʼsis etildi

Yangi majmualarni loyihalashda boy kitob fondiga ega boʻlgan kitobxonlar zallari, shaxmat, shashka oʻynash uchun dam olish xonalari, keksalar uchun maxsus trenajyorlar bilan jihozlangan davolash-jismoniy tarbiya zallari, oshxona va tibbiy xona joylashishi, ularni zarur mebel, kompyuter texnikasi va aloqa vositalari bilan jihozlash hisobga olinadi.

Shu bilan birga majmualar barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli fondlariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etiladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda hozirgi kunda yoshi 60dan yuqori boʻlgan 2,8 million, yoshi 80dan oshgan 225 ming, yoshi 90dan yuqori 40 mingdan ortiq va yuz yoshdan oshgan 8,7 ming kishi istiqomat qiladi. Aholining oʻrtacha umr koʻrish darajasi 1990 yilda 67 yosh boʻlgan boʻlsa, hozirda 73,5 yoshga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala