Rossiyalik diplomatlar Obamaning "kuchanishi" ustidan kulishdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishBarak Obama
Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Buyuk Britaniya poytaxtidagi elchixonasi Barak Obamaning 35 nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yuborish haqidagi qarorini masxaraladi, Donald Tramp ma’muriyati esa bu harakatni saylangan prezidentni burchakka siqishga urinish deb baholadi

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Rossiyaning Londondagi elchixonasi Barak Obamaning 35 nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yuborish haqidagi qarorini masxaraladi va buni sovuq urushga qaytish deb atadi.

AQSh payshanba kuni Rossiyaning qator fuqarolari va kompaniyalarini "saylovlarga aralashishda" ayblab ularga nisbatan sanksiyalar kiritdi va Barak Obama hech qanday dalillarsiz "Rossiya razvedkasi xodimlari" deb atagan 35 rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborilishini e’lon qildi.

Elchixonaning Twitterdagi sahifasida "Prezident Obama 35 diplomatni chiqarib yuborib, sovuq urushga qaytmoqda. Barcha, jumladan AQSh xalqi singari bu omadsiz ma’muriyatning ketishini ko‘rishdan xursand bo‘lamiz" degan yozuv chop etildi.

​Yozuv ostida esa o‘rdakchaning rasmi bo‘lib, "cho‘loq" degan yozuv aks etgan. Odatda, AQShning ikki marta saylangan va qayta saylanishga haqqi yo‘q prezidenti ikkinchi muddatining so‘nggi ikki yilida "cho‘loq o‘rdak" degan laqab bilan ataladi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya bu ayblovlarga mutlaqo qo‘shilmasligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington sanksiyalariga nisbatan davlat rahbari belgilab bergan tarzda javob qaytariladi.

Uch haftadan so‘ng hukumatni tark etishi lozim bo‘lgan Amerika ma’muriyatining bunday harakatlari munosabatlarning keskin yomonlashuviga olib keladi va bu kutilmagan tajovuzkorlik harakati, dedi Peskov.

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp shtabining sobiq rahbari Kelienn Konuey AQShning Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalari Baraka Obama va uning ma’muriyati tomonidan Trampning faoliyatini cheklashga qisman urinish dedi.

Obama eshiklarni qarsillatib yopdi: AQSh Rossiya diplomatlarini chiqarib yubormoqda

"Aytishim mumkin, hattoki prezident Obamaga aksariyat masalalarda xayrixoh bo‘lganlar ham u saylangan prezident Trampni burchakka siqib qo‘ydi deyishmoqda. Agarda bu yerda siyosat asosiy omil bo‘lgan bo‘lsa, bu judayam achinarli. Biz ko‘pincha shunday o‘ylaymiz. Demokratiyada hokimiyatning tinch topshirilishi bu tarzda kechmaydi", — dedi Konuey CNN telekanaliga.

"Men Obama va uning ma’muriyati tomonidan kiritilgan javob choralari, sanksiyalar haqidagi xabarlarni o‘qidim, ularning aksariyati ramziyga o‘xshab ko‘rinadi", — dedi Trampning yaqin yordamchisi.

U Demokratik partiyaning serverlari buzib kirilishida Rossiyaning ayblanishiga ham fikr bildirdi. "Biz saylov davomida faqatgina "Rossiya, Rossiya, Rossiya" degan so‘zni eshitdik. Saylov boshlanganidan buyon faqatgina mana shu ayblov va bo‘hton aytilmoqda", — dedi u.

Kreml - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya AQSh sanksiyalariga qarshi ilk javob choralarini e’lon qildi

Konueyning fikricha, saylov kampaniyasi davrida Demokratik partiyaning elektron pochtasi buzib kirilishi Klintonga saylovoldi kampaniyasida mag‘lubiyatga uchraydigan darajada ziyon yetkazmagan.

"Men uni Vladimir Putin Pensilvaniya, Viskonsin va Michigandagi kurashlarda ishtirok etishdan to‘xtatib qolgan deb o‘ylamayman", — dedi u.

Ilgariroq Barak Obama ma’muriyati 9 muassasa, kompaniya va shaxslarga, jumladan GRU va FSBga "saylovlarga aralashganlik" va "amerikalik diplomatlarga bosim o‘tkazganlik"da ayblab sanksiya joriy etgandi.

AQSh shuningdek Rossiyaning diplomatik mulki hisoblanadigan ikki yashash majmuasini ham yopdi va rossiyalik 35 diplomat mamlakatni tark etishi kerakligini e’lon qildi. Amerika tomoni bu borada hech qanday dalil keltirmagan.

Yangiliklar lentasi
0