Tadbirkorlar uchun milliy buxgalteriya dasturi yaratildi

© Sputnik / Roman Galkin / Mediabankka o‘tishOfis xodimi
Ofis xodimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur buxgalteriya dasturi hisobda xatoga yo‘l qo‘ymaslikda, ish vaqtini tejashda, zarur axborotni tezkor ravishda olishda yordam beradi

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. "BePro Norma" mas’uliyati cheklangan jamiyati tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan "1UZ Buxgalteriya. Mini" milliy dasturini yaratdi. Bu haqda "Jahon" axborot agentligi xabar qilmoqda. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida ushbu dastur takdimoti o‘tkazildi.

Unda mazkur dasturni boshqarish tizimi, tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida ma’lumot berildi.

Xabarda aytilishicha, mazkur buxgalteriya dasturi ma’lumotlar bazasini yaratish va uning asosida turli murakkablikdagi buxgalteriya hisobotlarini shakllantirish imkonini beradi. Eng muhimi, u hisobda xatoga yo‘l qo‘ymaslikda, ish vaqtini tejashda, zarur axborotni tezkor ravishda olishda yordam beradi.

Dasturni tanlashda u qaysi korxonaga: kichik, o‘rta yoki yirik korxonaga mo‘ljallanganini hisobga olish, uning qay sohaga tegishliligiga e’tibor qaratish zarur.

"BePro Norma" mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh mutaxassisi Baxtiyor Sobirjonovning so‘zlariga ko‘ra, yosh tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan "1UZ Buxgalteriya. Mini" dasturi O‘zbekiston qonunchilik hujjatlari asosida yaratilgan. Mazkur dasturdan foydalanish juda qulay. O‘zbek va rus tillaridagi interfeysga ega, imkoniyatlari bo‘yicha xorijiy dasturlardan qolishmaydi.

Ushbu dastur buxgalteriyani avtomatlashtirish bilan birga boshqa qator xizmat turlarini ham o‘zida mujassam etgan. Shuningdek, mazkur dasturning to‘laqonli yuklanuvchi bepul versiyasi tadbirkorlarga uning afzalliklarini ko‘rish hamda sifatli litsenzion dastur sohibiga aylanish va ishlab chiquvchi bilan hamkorlikni davom ettirish xususida yakuniy qaror qabul qilish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0