Dunyoda

Obama eshiklarni qarsillatib yopdi: AQSH Rossiya diplomatlarini chiqarib yubormoqda

Payshanba kuni AQSH hukumati Rossiyaning qator fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanktsiyalar kiritilganini eʼlon qildi. Rasmiy Vashington ularni Amerika siyosiy institutlariga nisbatan kiberhujumlar uyushtirganlikda ayblamoqda

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik. Prezidentlik vakolati nihoyasiga yetayotgan Obama Yangi yil bayrami arafasida Rossiyaga "syurpriz" tayyorladi. U payshanba kuni Rossiyaning qator fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanktsiyalar kiritdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Barak Obama - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Obama Rossiyani neft, gaz va qurol sotuvchi zaif mamlakat, deb atadi
Bundan tashqari, Vashington Rossiyaning 35 nafar diplomatiga mamlakatni tark etish shartini qoʻygan. Shuningdek, Obama AQSH hududidagi Rossiyaning ikkita diplomatik muassasasini ham yopmoqda. "Diplomatlarga va diplomatik muassasalarga "razvedka faoliyati bilan shugʻullanganlik" ayblovlari qoʻyilgan. Vashington, bundan tashqari, Moskvani Rossiyada faoliyat yuritayotgan Amerika diplomatlari va tashkilotlarni "sigʻdirmaslikda" ayblagan", deb yozadi nashr.

Kreml bu hatti-harakatlarni "uch haftadan soʻng ketishi aniq boʻlgan kishilarning tajovuzkor akti" hamda AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning yangi maʼmuriyatiga zarar yetkazishga urinish, deb baholadi. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Moskva tegishli tartibda javob choralarini qoʻllashi, biroq bu borada shoshma-shosharlikka yoʻl qoʻymasligini maʼlum qildi.

Vaʼda qilingan choralar

Rossiyaning AQShdagi saylovlarga elektron tizimlarni buzib kirish orqali taʼsir koʻrsatgani borasidagi ayblovlar bir qator amerikalik amaldorlar va turli darajadagi siyosatchilar tomonidan soʻnggi oylarda keng muhokama qilindi. Misol uchun oktyabr oyida AQSH razvedka hamjamiyati rasmiy vakillari saylovlar tizimlariga uyushtirilgan kiberhujumlar ortida rossiyalik xakerlar turgani haqida maʼlum qildi. Keyinchalik MRB (Markaziy razvedka boshqarmasi) OAVlar oraqali Rossiyani Demokratik partiya serverlarini buzishda aybladi. Bu Donald Trampga saylovlarda gʻalaba qozonishga yordam berish maqsadida amalga oshirilgani aytildi.

Ammo Rossiyaning AQShdagi prezident saylovlari natijasiga taʼsir koʻrsatishga aloqadorligini isbotlovchi hech qanday isbotlar keltirilmadi.

Dekabr oyida AQSH Prezidenti Barak Obama oʻz lavozimidan ketishidan avval bu boradagi isbotlarning bir qismini ommaga taqdim etishga hamda sanktsiyalar kiritishga vaʼda bergan edi.

Sanktsiyalar

Payshanba kuni chop etilgan sanktsiyalar roʻyxatida Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Igor Korobov, uning birinchi oʻrinbosarlar Vladimir Alekseyev va Igor Kostyukov, va oʻrinbosari Sergey Gizunov bor. Ilgariroq, yaʼni noyabrda rossiyalik Aleksey Belan FQB (Federal qidiruvlar byurosi) tomonidan kiberjinoyatlari uchun qidiruvda boʻlgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan edi.

AQSH prezidenti Barak Obama - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH prezidenti "Magnitskiy qonuni"ni butun dunyoga joriy qildi

Shuningdek, Rossiyaning Yevgeniy Bogachev ismli fuqarosi ham FQB roʻyxatiga kiritilgan, uni topishda yordam bergan shaxslarga 3 million dollar miqdorida mukofot puli berilishi maʼlum qilingan.

Shuningdek, Rossiyaning beshta muassasasi va tashkilotlariga nisbatan ham sanktsiyalar kiritilgan. Bular Federal xavfsizlik xizmati (FSB), Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh razvedka boshqarmasi (GRU), "Maʼlumotlarni yaratish va qayta ishlash professional assotsiatsiyasi", "Maxsus texnologiyalar markazi" va maʼlumotlarni himoya qilish shugʻullanuvchi "TSOR Sekyuriti" kompaniyasi.

Yuqorida nomlari qayd etilgan shaxs va tashkilotlarning AQShdagi aktivlari "muzlatiladi", Amerika fuqarolari va kompaniyalariga ular bilan oldi-berdi munosabatlarini oʻrnatish taʼqiqlangan.

AQShni tark etishga mahkumlar

Bundan tashqari, AQSH hukumati qaroriga koʻra Vashington va San-Frantsiskoda boʻlgan 35 rossiyalik diplomatga mamlakatni 72 soat ichida tark etishlari belgilab qoʻyildi. Obama ularni "josuslar" deb atagan boʻlsa, davlat departamenti "ularning harakatlari diplomatik yoki konsullik maqomiga ega emas"ligini maʼlum qildi. AQSH FQB va ichki xavfsizlik vazirligi Amerika partiyalaridan birining serverlariga uyushtirilgan kiberhujumlar haqida hisobot taqdim etishdi. Bu holat prezidentlik saylovlari vaqtida yuz bergan hamda ularda rossiyalik fuqarolar va mahkamalarni ayblashmoqda. Aynan qaysi siyosiy partiya serverlari buzib kirilgani maʼlum qilinmagan.

Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Tramp: Amerika Rossiyaga qarshi sanktsiyalar haqida emas, oʻzi haqida oʻylashi kerak
Shuningdek, AQSH hukumati maʼlumotlariga koʻra, xakerlar 2015 yilda taxminan ming kishiga (ular orasida AQSH rasmiy shaxslari ham boʻlgan) zararli kodga ega maktublar joʻnatishgan. Buning oqibatida xakerlar tizimga kirishga muvaffaq boʻlishgan, deyiladi hisobotda.

Obama esa Rossiyaga qarshi sanktsiyalar "AQShdagi saylovlarga aralashgani" uchun kiritilganini maʼlum qildi. Shuningdek, u "AQSH diplomatlariga boʻlgan bosim" haqida ham gapirgan. Moskva bu ayblovlarni rad etmoqda.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya bu ayblovlarga keskin qoʻshilmasligini maʼlum qildi.

"Biz bunday qarorlar va sanktsiyalarni asossiz, deb hisoblaymiz hamda ular xalqaro huquq nuqtai nazaridan noqonuniydir. Bunday harakatlar munosabatlarning keskin yomonlashuviga olib keladi. Bu kutilmagan tajovuzkorlik harakati", — dedi u.

Peskov AQSH tomonidan kiritilgan sanktsiyalarga Rossiya qay tarzda javob qaytarishini hozircha ayta olmasligini maʼlum qildi, ammo bu hatti-harakatlarga qarshi munosib javob qaytarilishi aniqligiga ishontirdi.

"Javob choralari Amerika tomonga ham jiddiy noqulaylik keltirib chiqarishi aniq", — deya qoʻshimcha qildi Peskov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala