Siyosat

Putin Shavkat Mirziyoyevni Yangi yil bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishRossiya prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi
Rossiya prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti Markaziy Osiyoda tinchlik va farovonlikni taʼminlash uchun Oʻzbekiston bilan strategik hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga tayyor ekanligini bildirdi

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik. Rossiya yetakchisi Vladimir Putin qator davlat rahbarlariga Yangi yil bayrami arafasida tabrik telegrammasini yoʻlladi, deb xabar qilmoqda Krems matbuot-xizmati.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin Amerika xalqi va Trampni Yangi yil bilan tabrikladi
Rossiya prezidenti Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga ham oʻz tabrigini yoʻlladi.

Kreml saytida berilgan xabarga koʻra, Oʻzbekiston prezidentiga yoʻllagan tabrigida Rossiya yetakchisi kengayib borayotgan siyosiy dialog haqida toʻxtalib oʻtgan hamda turli sohalarda olib borilayotgan ikki tomonlama hamkorlikni alohida taʼkidlagan.

Vladimir Putin shuningdek Markaziy Osiyoda tinchlik va farovonlikni taʼminlash uchun Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik hamkorlik munosabatlari kelgusida yanada mustahkamlanishiga umid bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala