Rossiya

Rossiya AQSH sanktsiyalariga qarshi ilk javob choralarini eʼlon qildi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Fotobankka oʻtishKreml
Kreml - Sputnik Oʻzbekiston
Kuni kecha AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalarni kiritib, Rossiyaning 35 nafar diplomatiga Qoʻshma Shtatlarni tark etish shartini qoʻygan edi. Rossiya Amerikaning ushba xatti-harakatlariga javoban ilk javob choralarini eʼlon qildi

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik. Rossiya AQSH tomonidan kiritilgan sanktsiyalarga nisbatan ilk "javob choralarini" qoʻlladi. Moskvadagi ingliz-amerika maktabi yopildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Eslatib oʻtamiz, payshanba kuni AQSH Rossiyaning razvedka xizmatlari va qator jismoniy shaxslariga nisbatan sanktsiyalar kiritdi va ularni "mamlakatda boʻlib oʻtgan saylovlarga taʼsir oʻtkazganlikda" aybladi. Shuningdek, rasmiy Vashington Rossiyaning 35 diplomatiga mamlakatni tark etish shartini qoʻydi.Qoʻyilgan ayblovlarga esa AQSH tomonidan hech qanday dalillar keltirilmadi.

AQSH prezidenti Barak Obama - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Obama eshiklarni qarsillatib yopdi: AQSH Rossiya diplomatlarini chiqarib yubormoqda
Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Moskva rasmiylari "AQSH tomonidan bildirilayotgan hech qanday taʼkid va ayblovlarga keskin norozi" ekanliklarini bildirdi.

Nashr javob choralaridan ogohlantirilgan "amerikalik vakil"ga tayangan holda berayotgan xabarga koʻra, Rossiya ilk javob chorasi sifatida Moskva shahridagi "amerikaliklar va xorijliklar uchun" tashkil qilingan ingliz-amerika maktabini yopgan. Manbaning soʻzlariga koʻra, ushbu maktabda AQSH, Buyuk Britaniya va Kanada elchixonalari xodimlari farzandlari tahsil olganlar.

Xabarga koʻra, shuningdek, Serebryanыy Borda joylashgan elchixona qarorgohiga kirish ham yopilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala