Farg‘onada hayvonot bog‘i ochildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishLeopard
Leopard - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yil bayrami arafasida Farg‘onada hayvonot bog‘i ochildi. Toshkent hayvonot bog‘i Farg‘onaga 65 jonivorni topshirdi

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. 30-dekabrda Farg‘ona shahrida Toshkent hayvonot bog‘ining filiali ish boshladi, deb xabar qilingan Toshkent hayvonot bog‘ining rasmiy saytida.

Xabarda aytilishicha, 26-dekabr kuni Toshkent hayvonot bog‘i Farg‘onaga 29 turdagi 65 jonivorni topshirgan. Ular orasida yo‘lbarslar, arslonlar, ayiq, Kanada bo‘risi, tuyoqli jonivorlar, ikki turdagi maymun, baqlanlar, tovuslar, chag‘alaklar va boshqa jonivorlar bor.

Yangi hayvonot bog‘ining hududi 5 gektar maydonni egallaydi. U yerda, turli jonivorlarga mo‘ljallangan volyerlardan tashqari, qahvaxona va bolalar attraksionlari bor. Daraxtzor ichida tashrifchilar dam olishi uchun o‘rindiqlar o‘rnatilgan. Bundan tashqari, favvora qurilgan bo‘lib, u mehmonlarga issiq kunlarda mador bo‘ladi.

Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyati butun O‘zbekiston xalqini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklab, ularga tinchlik totuvlik, ravnaq, dasturxonlariga to‘kin-sochinlik va jamiki ezguliklarni tilagan. 

 

Yangiliklar lentasi
0