Jamiyat

Toʻrt yil ichida maktabgacha taʼlim tizimi takomillashtiriladi

© FlickrImzo
Imzo - Sputnik Oʻzbekiston
2200 ta maktabgacha taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan uskunalar, oʻquv-metodik qoʻllanmalar, multimedia resurslari bilan taʼminlash uchun jami 2,2 trillion soʻm mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilmoqda

TOSHKENT, 31 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti rasmiy saytida 2017-2021 yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida Prezident qarori eʼlon qilindi.

Hujjatga rasmiy sharhda aytilishicha, bugungi kunda maktabgacha taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlari va oʻquv-tarbiyaviy rejalariga qoʻyilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish koʻrsatkichi hamon pastligicha qolmoqda.

Bolalar bogʻchasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev bolalar bogʻchasi masalalarini hal etishni rejalashtirgan
Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida ushbu qaror qabul qilindi. Dastur asosida keng koʻlamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan:

bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilgʻor xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish;
maktabgacha taʼlim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish;

2200 ta maktabgacha taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, oʻquv-metodik qoʻllanmalar, multimedia resurslari bilan taʼminlash. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2,2 trillion soʻm mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilmoqda.

Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida quyidagilarga erishiladi:

yuqori sifatli maktabgacha taʼlimni taʼminlash, bolalarni sifatli maktabga tayyorlashni tubdan yaxshilash, taʼlim-tarbiya jarayoniga muqobil dasturlarni joriy etishga;
bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli boʻlgan 6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etishga;
3-6 yoshdagi maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni ularning ota-onalarini metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash orqali maktab taʼlimiga tayyorlashni tashkil etishga;

maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruktsiya qilish va 983 tasini mukammal taʼmirlash orqali kengaytirishga;

Bolalar bogʻchasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bogʻcha toʻlovini mobil telefon orqali amalga oshirish mumkin boʻldi
qishloq joylardagi maktabgacha taʼlim muassasalarida ota-onalar badal toʻlovini 30 foizgacha kamaytirishga;
bolalarning maktabgacha taʼlimga qamrovini 1,5 barobarga oshirishga.
Dasturning samarali amalga oshirilishi unda koʻzda tutilgan koʻrsatkichlar ijrosining borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining doimiy nazoratida boʻladi.

Qarorning amalga oshirilishi davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida respublikaning uzluksiz taʼlim tizimini yanada isloh qilish borasidagi rivojlanish yoʻlining uzviy va bosqichma-bosqichligini taʼminlaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala