Putin: tugayotgan yil Rossiya xalqini jipslashtirdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishV. Putin Kremlda
V. Putin Kremlda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin rossiyaliklarga g‘alaba va yutuqlar, tushunish va ishonch hamda Rossiya uchun chin yurakdan jonkuyarlik qilganlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Tugayotgan yil qiyinchiliklari Rossiya xalqini jipslashtirdi, deyilgan Uzoq Sharq hududi aholisiga namoyish qilingan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yangi yil murojaatida.

"2016 yil tugamoqda. U oson bo‘lmadi, lekin qiyinchiliklar bizni jipslashtirdi va oldinga qadam tashlash uchun bizda ulkan imkoniyatlarga yo‘l ochdi. Asosiysi — biz o‘z kuchimizga va o‘z mamlakatimizga  ishonamiz. Biz muvaffaqiyatli ishlayapmiz va ko‘p ishning uddasidan chiqmoqdamiz", — dedi Putin.

Vladimir Putin rossiyaliklarga g‘alaba va yutuqlar, tushunish va ishonch hamda Rossiya uchun chin yurakdan jonkuyarlik qilganlari uchun minnatdorchilik bildirdi.  

"Bizning mamlakat ulkan va ajoyibdir! Bizni yagona g‘amxo‘rlik, yagona quvonch hamda yagona Yangi yilni yaxshi niyatlar bilan o‘z oilasi davrasida kutib olish urf-odati birlashtiradi", — deb qo‘shimcha qildi prezident.

O‘z tabrigida Putin Yangi yilda Ona vatandan uzoqda kutib olayotganlarni ham eslab o‘tdi.

"Ayni damda ko‘plab fuqarolarimiz o‘z vatandan, oilasida uzoqda, Rossiya xavfsizligini ta’minlamoqda, korxonalarda ishlamoqda va kasalxonalarda navbatchilik qilmoqda. Poyezd va samolyotlarni boshqarmoqda. Ayni damda o‘zining mehnat va jangovar vazifasini bajarayotganlarga, kelayotgan yilda eng yaxshi tilaklarni tilayman", — dedi Putin.

Yangiliklar lentasi
0