Hodisalar

Yangi yil oqshomidagi fojia: Istanbuldagi terakt tufayli 39 kishi qurbon boʻldi

Istanbul shahridagi tungi klublarning birida roʻy bergan terakt oqibatida 39 kishi, shu jumladan 16 nafar chet el fuqarolari halok boʻldi

TOSHKENT, 1 yanv — Sputnik. Istanbuldagi tungi klublarning biriga amalga oshirilgan qurollangan hujum oqibatida 39 kishi halok boʻlgan, 69dan ortigʻi jarohatlangan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Istanbul shahri meri Vasip Shaxinning soʻzlariga koʻra, ushbu hujumni terrorchilik akti sifatida qabul qilish lozim. Terrorchi teraktni yakka oʻzi amalga oshirgan va hodisa joyidan qochib ketgan.

Turkiya politsiyachilari - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turkiyada katta portlash sodir boʻldi
"Bu terrorchilik hujumidir", — deb taʼkidlagan Istanbul meri. Uning chiqishi Haberturk telekanali orqali namoyish qilingan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, terrorchilik hujumi oqibatida halok boʻlganlar orasida 16 nafar xorij davlatlari fuqarolari ham bor.

Turkiya Ichki ishlar vaziri Suleyman Soylu ayni vatda terrorchini qidirish ishlari davom etayotganini maʼlum qilgan.

"Terrorchi qidirilmoqda. Umid qilamanki, u tez orada qoʻlga olinadi", — deya taʼkidlagan vazir.

Reyter agentligining yozishicha, 21 nafar halok boʻlgan kishilarning shaxsi tasdiqlangan, ularning 16 nafar chet el fuqarolaridir, 5 nafari esa Turkiya fuqarosi.

Reina tungi klubiga hujum Yangi yil oqshomida amalga oshirilgan. Mahalliy OAVlarda keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, Santa-Klaus libosini kiyib olgan shaxslar Kalashnikov avtomatidan odamlarga qarata oʻq uzgan. Istanbul gubernatori Vasip Shaxin esa hujum yakka-terrorchi tomonidan amalga oshirilgan, deb bayonot qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala