Jamiyat

Pensiya yoshini belgilashda yangi tartib eʼlon qilindi

© Sputnik / Boris Prixodko / Fotobankka oʻtishOʻzbek pensioneri
Oʻzbek pensioneri - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi tartibga koʻra, yosh boʻyicha pensiya belgilash u boʻyicha murojaat agar unga huquq paydo boʻlgandan keyin 60 kundan (avval 3 oy) kech boʻlmagan muddatda bildirilgan boʻlsa, pensiya yoshiga erishilgan kundan amalga oshiriladi

TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. Pensiyani tezroq olish imkoni paydo boʻldi, deb xabar qilgan kun.uz nashri.

Onaxonlar dam olishmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonning har bir shahrida "Nuroniylar maskani" bunyod etiladi
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida"gi qonuniga oʻzgartirishlar kiritildi. 2017 yil 1 yanvardan pensiyani belgilash uchun murojaat muddatlari qisqartiriladi.

Yangi tartibga koʻra, yosh boʻyicha pensiya belgilash u boʻyicha murojaat agar unga huquq paydo boʻlgandan keyin 60 kundan (avval 3 oy) kech boʻlmagan muddatda bildirilgan boʻlsa, pensiya yoshiga erishilgan kundan amalga oshiriladi. Nogironlik boʻyicha pensiya nogironlik oʻrnatilgan kundan boshlab xuddi yuqoridagidek qoidaga koʻra belgilanadi.

Qolgan barcha holatlarda pensiya murojaat qilingan kundan boshlab belgilanadi.

Bundan tashqari, pensioner oʻlimi tufayli olinmagan pensiya hamda dafn marosimiga nafaqa toʻlovlari uni olish uchun murojaat pensioner oʻlimidan keyin 60 kundan kech boʻlmagan vaqtda bildirilgan boʻlsa beriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala