Jamiyat

"2017-yilda Sherali Joʻrayev bilan bitta sahnada qoʻshiq kuylash niyatim bor" - Joʻrabek Murodov

© SputnikSherali Joʻrayev klipini tomosha qilayotgan muxlis
Sherali Joʻrayev klipini tomosha qilayotgan muxlis - Sputnik Oʻzbekiston
Qoʻshni davlat - Tojikiston mashhurlari Oʻzbekiston xalqini yangi kirib kelgan 2017-yil bilan tabriklashmoqda

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. Tojikiston SSR xalq artisti Joʻrabek Murodov Tojikiston xalqiga bildirgan yangi yil tilaklarida, Tojikistonning qoʻshni davlatlar bilan, ayniqsa, Oʻzbekiston bilan aloqalari yanada yaqin boʻlishi haqida taʼkidlagan, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

Vladimir Yevseyev - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Yevseyev: Mirziyoyev Oʻzbekiston va Tojikiston aloqalarini "jonlantirdi"
"Ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar iliqlasha boshlaganidan boshim osmonga yetdi. Oʻrtadagi viza tartibi ham bekor boʻlishini xohlayman. Biz, qardosh xalqlar, Yangi yilda va nihoyat bir-birimiznikiga mehmonga bora olishimizni, hammasi uchun bir-birimizni qattiq quchib minnatdorchilik ifoda etishimizni istayman. Ana shunday boʻlgan taqdirda, men birinchi galda, uzoq oʻtmishda boʻlganidek, eng avvalo oʻzimga yaqin boʻlgan doʻstlari-hamkasblarimnikiga borgan va ular bilan bitta sahnada qoʻshiq kuylagan boʻlardim. Ayniqsa, Sherali Joʻrayev bilan. Xudo xohlasa, shunday boʻladi ham", — deb taʼkidlagan umid bilan Joʻrabek Murodov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala