Eng chiroyli ko‘cha, bino va archa aniqlandi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishYangi yil archasi
Yangi yil archasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda o‘tkazilgan tanlov shaharning eng chiroyli ko‘chasi, binosi va archasini aniqlab berdi

TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Samarqand shahrida eng chiroyli ko‘cha, bino va archa aniqlandi, deb xabar qilingan Zarafshon gazetasi rasmiy saytida.

Yangi yil archasiga ko‘zingiz tushishi bilan kayfiyatingiz ham ko‘tariladi - Sputnik O‘zbekiston
Yangi yil kayfiyatidagi Toshkent!
"Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida viloyat hokimligi tashabbusi bilan Samarqand shahrida o‘tkazilgan "Eng namunali ko‘cha", "Eng chiroyli bino" va "Eng chiroyli bezatilgan archa" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi", — deb yozadi nashr.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Universitet xiyoboni "Eng namunali ko‘cha nominatsiyasi" g‘olibi, Samarqand davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey "Eng chiroyli bino", "Bahor" mas’uliyati cheklangan jamiyati binosi oldida o‘rnatilgan archa "Eng chiroyli bezatilgan archa" deb topilgan.

Yangiliklar lentasi
0