Jamiyat

Toshkentda metro liniyasini takrorlaydigan avtobus yoʻnalishlari toʻxtatiladi

Toshkent shahar hokimiyatiga metropoliten liniyasini takrorlaydigan yer usti jamoat transporti yoʻnalishlarini tugatish vazifasi yuklatildi, deb xabar berildi Moliya vazirligi saytida

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. Toshkentda shahar va shahar atrofidagi yer usti jamoat transporti yoʻnalishlarini optimallashtirish metropolitenga yoʻlovchilarni jalb etish maqsadida oʻtkazilmoqda, deb xabar tarqatgan Oʻzbekiston Moliya vazirligi axborot-xizmati.

Jamiyat
Toshkent metrosi "Oʻzbekiston temir yoʻllari" tarkibiga kirdi
"Toshkent shahar hokimiyatiga metropoliten liniyasini takrorlaydigan yer usti jamoat transporti yoʻnalishlarini tugatish vazifasi yuklatildi", — deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, bu haqda Prezidentning "Toshkent metropoliteni faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida"gi qarorida belgilab qoʻyilgan.

"Toshkent metropoliteni"da yoʻlovchilarni tashish rentabelligini oshirish maqsadida yer usti transporti yoʻnalishlarini metropoliten liniyalari bilan takrorlashga yoʻl qoʻymaslik va yer ustidagi alohida yoʻnalishlarning davomiyligi hamda harakatlanish sxemasini oʻzgartirish vazifasi qoʻyilgan. Bundan tashqari qoʻshimcha tarzda yer usti transporti yoʻnalishlarining soʻnggi punktlarini metro bekatlari yonida qurish ham koʻzda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2016 yilning oktyabr oyida "Toshkent metropoliteni" DUK "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ tashkiliy tuzilmasiga oʻtkazilgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala