Dunyoda

Istanbuldagi terakt ijrochisining shaxsi aniqlandi

Turk politsiyasi nihoyat yangi yil tunida qirgʻin uyushtirgan shaxsning kimligini aniqladi, lekin uning ismini oshkor qilmadi

TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovushoʻgʻli Istanbuldagi tungi klubga 1 yanvar kuniga oʻtar kechasi hujum uyushtirgan shaxsning kimligi aniqlangani haqida maʼlumot berdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar qilmoqda, lekin uning ismi aytilmayapti.

Istanbuldagi terakt - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Yangi yil oqshomidagi fojia: Istanbuldagi terakt tufayli 39 kishi qurbon boʻldi

Yangi yil kechasi nomaʼlum shaxs Istanbuldagi Reina tungi klubiga avtomat bilan bostirib kirib, yangi yil bayramini nishonlayotgan kishilarni oʻqqa tutdi. Turkiya IIVning maʼlumotiga koʻra, terakt oqibatida 39 kishi halok boʻldi, 69 kishi yaralandi.

Ushbu hujum uchun javobgarlikni ISHID oʻz zimmasiga olgan, deb xabar beradi RIA Novosti.

Avvalroq turk OAV hujum Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi tomonidan sodir etilgani haqida xabar tarqatgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala