AQSh mehnat vazirligi Googleni sudga bermoqchi

© Foto : PixabayGoogle search
Google search - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mehnat vazirligi yuristlari chorshanba kuni ma’muriy ishlar bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritishdi

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. AQSh mehnat vazirligi Google agar o‘zining minglab xodimlari haqidagi ma’lumotni bermasa, vazirlik kompaniyaning federal hukumat bilan hamkorligini sud orqali taqiqlash niyatida ekanligini bildirdi, deb xabar berdi RIA Novosti Assoshieyted Press xabariga tayanib.

Agentlikning ma’lum qilishicha, mehnat vazirligi yuristlari chorshanba kuni ma’muriy ishlar bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritishgan. Arizada, jumladan Google vazirlikka xodimlariga to‘langan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa ma’lumotlarni berishdan bir necha marta bosh tortganligi bildirilgan. Yuristlar bu ma’lumotlar kompaniyada xodimlarga nisbatan jinsiy yoki irqiy kamsitishlar bo‘layotganligini aniqlash uchun kerakligini aytishgan.

Google vakillari esa mehnat vazirligining so‘roviga asosan o‘z xodimlari haqidagi yuz minglab ma’lumotlarni berishganini, lekin "vazirlikning ayrim talablari"ni "shaxsiy hayotga oid ma’lumotlarga nisbatan tajovuz" deb baholashgani uchun bu ma’lumotlarni berolmasliklarini bildirishgan.

Yangiliklar lentasi
0