Jamiyat

Oʻzbekistonda toʻqimachilik sohasiga soliq va bojxona imtiyozlari berildi

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmogʻining nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalariga 2020 yilning 1 yanvariga qadar soliq hamda bojxona imtiyozlari va preferentsiyalari berildi

TOSHKENT, 5 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda 2017 yil 1 yanvardan boshlab toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmogʻining nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari eksportidan olingan xorijiy valyutadagi tushumning bir qismini vakolatli banklarga majburiy sotish bekor qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston Prezidentining 2016 yil 21 dekabrdagi "2017-2019 yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida"gi qarorida koʻrsatildi.

Qarorga muvofiq, 2017 — 2019 yillarda paxta tolasi va ipak xom ashyosini chuqur qayta ishlash negizida yuqori qoʻshilgan qiymatli, tashqi bozorlarda talab qilinadigan tayyor toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish topshirigʻi hamda 2016 — 2019 yillarda paxta tolasi va ipak xom ashyosini chuqur qayta ishlash negizida yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor, eksportga yoʻnaltirilgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati tasdiqlandi.

Oʻzbekiston matolari - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilish uchun maxsus kompaniya tuzildi

Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha chetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar hamda xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha respublika hududiga chetdan keltiriladigan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmogʻining oʻrnatilgan texnologik uskunalariga ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar uchun 2020 yil 1 yanvargacha bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilindi.

Shuningdek, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmogʻining nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalariga 2020 yilning 1 yanvariga qadar soliq hamda bojxona imtiyozlari va preferentsiyalari berildi.

Hujjat kelgusida iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlarni davom ettirish, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash va jadal rivojlantirishni taʼminlash, paxta tolasi va ipak xom ashyosini chuqur qayta ishlash, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish yoʻli bilan eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari va turlarini kengaytirishga yoʻnaltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala