Hodisalar

OAV: Istanbulda qoʻlga olinganlar yonidan qirgʻiz va qozoq pasportlari chiqqan

© REUTERS/Osman OrsalTurk politsiyasi
Turk politsiyasi - Sputnik Oʻzbekiston
Barcha hibsga olinganlar yangi yil kungi teraktni oʻz zimmasiga olgan "Islom davlati" terrorchilik guruhi bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

TOSHKENT, 5 yanv — Sputnik. Turkiya politsiyasi Istanbuldagi tungi klubda sodir etilgan terakt tashkilotchilarini qidirish boʻyicha operatsiya doirasida Izmirda 40 kishini qoʻlga oldi. Ular orasida Xitoyning Shinjon-Uygʻur muxtor viloyatida yashovchi qirgʻiz pasportiga ega shaxslar ham bor, deb xabar bermoqda Sputnik Qirgʻiziston Hurriyet gazetasiga tayanib.

Istanbuldagi tungi klubdagi terakt - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Istanbuldagi terakt ijrochisining shaxsi aniqlandi

Nashrning bildirishicha, qoʻlga olinganlar oʻtgan yilning noyabridan buyon Istanbul terakti ijrochisi bilan bir uyda yashashgan. Ular 20ta bola, 9 ayol va 11 erkakdan iborat. Gazetaning yozishicha, ular dogʻistonlik, suriyalik va yonidan qirgʻiz hamda qozoq pasportlari chiqqan xitoylik uygʻurlardir. Barcha hibsga olinganlar yangi yil kungi teraktni oʻz zimmasiga olgan "Islom davlati" terrorchilik guruhi bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Qirgʻiziston davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi matbuot xizmati Istanbuldagi fojiadan soʻng turk maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda ish olib borilayotganini maʼlum qildi.

Yangi yil kechasi nomaʼlum shaxs Istanbuldagi Reina tungi klubiga avtomat bilan bostirib kirib, yangi yil bayramini nishonlayotgan kishilarni oʻqqa tutdi. Turkiya IIVning maʼlumotiga koʻra, terakt oqibatida 39 kishi halok boʻldi, 69 kishi yaralandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala