Iqtisod

Sirdaryoda kichik sanoat zonasini tashkil etish rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishOziq-ovqat sanoati
Oziq-ovqat sanoati - Sputnik Oʻzbekiston
Farmondan maqsad Yangiyer shahrining sanoat salohiyatini yanada rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish hamda aholining daromadini oshirishdir

TOSHKENT, 5 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida “Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida kichik sanoat zonasi tashkil etish haqida”gi Oʻzbekiston prezidenti farmoni loyihasi joylashtirildi.

Ushbu farmon loyihasiga koʻra Yangiyer shahrida kichik sanoat zonasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Urgutda erkin industrial zonani tashkil qilishni taklif etdi

Farmondan maqsad Yangiyer shahrining sanoat salohiyatini yanada rivojlantirish, kichik biznes subʼyektlari tomonidan yangi ishlab chiqarishlar boʻyicha investitsiya jalb etish uchun qulay sharoitlarni vujudga keltirish va buning natijasida yangi ish oʻrinlari yaratish hamda aholining daromadini oshirishdir.

Kichik biznesni jadal rivojlantirish, bandlikni taʼminlash va viloyat aholisining tadbirkorlik orqali daromadini oshirish, tekstil, poyabzal va charm, ekologik xavfsiz kimyo, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati sohasida qoʻshma korxonalar barpo etish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash sanoat zonasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi.

Sanoat zonasining faoliyat koʻrsatish muddati 30 yil boʻlib, muddatni kelgusida uzaytirish koʻzda tutilgan.

Mazkur hujjat loyihasi muhokamasi shu yilning 14 yanvarida nihoyasiga yetadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala