Sport

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasiga yangi rahbar saylandi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Oʻzbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi raisi Alisher Sultonov Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti etib saylandi

TOSHKENT, 6 yanv — Sputnik. Bugun Milliy olimpiya qoʻmitasining XXX Bosh Assambleyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Adham Ikramov olib bordi. Unda toʻrt yillik olimpiya tsiklida qilingan ishlar, erishilgan natijalar borasida qoʻmita bosh kotibi Oybek Kasimov hisobot berdi.

Bosh Assambleya yigʻilishida Milliy olimpiya qoʻmitasining toʻrt yillik tsikldagi faoliyati qoniqarli deb bir ovozdan qabul qilindi. Shundan soʻng Milliy olimpiya qoʻmitasiga yangi prezident saylash marosimi boʻlib oʻtdi va ushbu lavozimga "Oʻzbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi raisi Alisher Sultonov bir ovozdan saylandi.

Sport federatsiyalari va taniqli sportchilarning taklifiga koʻra Mirabror Usmonov Milliy olimpiya qoʻmitasining faxriy prezidenti etib tayinlandi. Oʻz navbatida oʻtgan davr mobaynida qoʻmitaga rahbarlik qilgan Mirabror Usmonovga butun sport jamoatchiligi va olimpiya harakati ishtirokchilari nomidan minnatdorchilik izhor etildi.

Yangiliklar lentasi
0