Jizzax-Toshkent yo‘lining Qozog‘istondan o‘tgan qismi ochiladi

© Nuz.uzM-39 yo‘li
M-39 yo‘li - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yilning fevral oyida M-39 yo‘lining Qozog‘istondan o‘tgan qismi faqat yengil avtombillar uchun ochiladi.

TOShKENT, 7 yanv – Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston delegatsiyalari uchrashuvida M-39 trassasining Qozoig‘istondan o‘tgan qismini ochish haqida kelishib olindi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz nashri TVK telekanali xabariga asosan.

Ushbu kelishuv O‘zbekiston TIVining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Ilhom Ne’matov va Janubiy Qozog‘iston viloyati rahbari Janseit Tuymebayevlar uchrashuvidan keyin ma’lum bo‘ldi.

M-39 trassasi Olmaotadan – Termizgacha davom etib, umumiy uzunligi 808 kilometrni tashkil qiladi. Trassa Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning bir necha viloyatlari  hududidan o‘tadi. Toshkent va Samarqand orasidagi M-39 yo‘lining bir qismi Qozog‘iston hududidan o‘tgan bo‘lib, u 1998 yilda berkitilgan edi. Shundan keyin O‘zbekistonning g‘arbiy viloyatlaridan Toshkentga yo‘l olgan barcha avtomobillar Sirdaryo viloyati orqali aylanib 70 km ortiqcha masofa bosib o‘tar edi.

© Yandek KartiM-39 yo‘lining Jizzax-Toshkent bo‘lagi
Avtodoroga Djizzak-Tashkent, obyezd - Sputnik O‘zbekiston
M-39 yo‘lining Jizzax-Toshkent bo‘lagi

M-39 yo‘lining Qozog‘istondagn o‘tgan bo‘lagi ochilganidan keyin, Jizzax va Sirdaryo orasidagi masofa 78 km o‘rniga 24 kmni tashkil qiladi. Kelishilgan shartnomaga ko‘ra, ushbu yo‘ldan faqat yengil avtomobillar harakatlanishi mumkin. Ekspertlar fikriga ko‘ra, ushbu shartnoma O‘zbekiston va Qozog‘iston orasida savdo-sotiq munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan ulkan qadam bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulov ishtirokida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Qozog‘iston oasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va ikki mamlakat chegarasi yaqinida savdo hududlari tashkil qilish haqida kelishib olingan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0