Islom Karimov xayriya fondi xorijda o‘qish uchun birinchi tanlov e’lon qildi

© Press-slujba Prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston birinchi prezidenti Islam Karimov
O‘zbekiston birinchi prezidenti Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Karimov nomli xayriya jamoat fondi Yevropa va AQSh OTMlarida magistr darajasida ta’lim olish uchun birinchi tanlovni e’lon qildi.

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Islom Karimov xayriya jamoat fondi Yevropa va AQSh OTMlarida ta’lim olish uchun birinchi tanlovni e’lon qildi, deyilgan fond rasmiy sahifasida.  

Tanlovda O‘zbekiston va chet eldagi OTMlarni bakalavr darajasini muvaffaqiyatli bitirgan, xorijiy tillarni biladigan iqtidorli va iste’dodli yigit-qizlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘tkaziladi: tabiiy fanlar (qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kimyo), suv va yer resurslarini boshqarish, mashinasozlik texnologiyalari, oziq-ovqat texnologiyalari, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish va marketingi, arxitektura (shaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etish va qayta tiklash), dizayn (mahsulot dizayni, sanoat va me’morchilik dizayni) va rassomchilik.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Islom Karimov Fondi grantlari yuqordagi mutaxassisliklar bo‘yicha Yevropa va AQSh OTMlarining magistratura bosqichida tahsil olish uchun taqdim etiladi.

Chet elda ikki yilgacha bo‘lgan o‘qish va yashash xarajatlarini Fond to‘laligicha o‘z zimmasiga oladi. Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar ish kunlari soat 9-00 dan 13-00 gacha Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 24-uyda qabul qilinadi. Ma’lumotlar uchun tel: +99895 1980122.

Islom Karimov Fondi O‘zbekistonning tarixiy, madaniy va adabiy merosini targ‘ib qilishga mo‘ljallangan dasturlarni amalga oshirishdan iboratdir. Shuningdek, Fond yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga, oliy o‘quv yurti va maktab murabbiylari hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy malakalarini oshirishga yo‘naltirilgan turli ilmiy-ma’rifiy, madaniy dastur va loyihalarni amalga oshiradi.

Yangiliklar lentasi
0