O‘zbekistonda tog‘ turizmi rivojlantiriladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda tog‘ turizmi rivojlantirish uchun Fransiyalik mutaxassis taklif qilingan.

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Tog‘ turizmini rivojlantirish uchun taklif qilingan fransiyalik mutaxassis fevral oyida O‘zbekistonga keladi.

Mutaxassis Chimon-Chorvoq dam olish va rekreatsiya hududini ko‘zdan kechirib, uni rivojlantirish yo‘llarini taklif qiladi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Today nashri.

Ushbu reja O‘zbekiston Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Anvar Sharapov va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Violen de Vilmor orasida bo‘lib o‘tgan suhbatda muhokama qilindi.

Xabarda aytilshiga ko‘ra, taklif qilingan mutaxassis tomonidan turizmning ekologik va boshqa faol turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilar ekan. Ushbu maqsad yo‘lida Chimon-Chorvoq hududida qator loyihalar ishlab chiqish va chet el investitsiyalarini jalb qilish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0