Quddusda terrorchi yuk avtomobilini odamlar ustiga haydadi

© RIA Novosti . RIA Novosti Quddusda terrorchi yuk avtomobilini odamlar ustiga haydadi
Quddusda terrorchi yuk avtomobilini odamlar ustiga haydadi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Terrorchi hujumi oqibatida to‘rt kishi qurbon bo‘ldi, kamida 15 kishi jarohatlandi.

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Isroilning Quddus shahrida noma’lum terrorchi yuk avtomobilini piyoda sayr qilayotgan odamlar ustiga haydadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Quddusning Eski shahar hududida sodir bo‘lgan fojea oqibatida to‘rt kishi qurbon bo‘ldi, 15 kishi jarohatlandi. Tezda yetib kelgan politsiya xodimlar terrorchiga qaratib o‘t ochishgan va uni yaralashgan. Politsiya ushbu voqeani terakt deb tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash teraktlar 2016-yilda Fransiyaning Nissa va Germaniyaning Berlin shahrida ham sodir bo‘lgan va ular oqibatida o‘nlab kishilar qurbon bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0