Turizm

Sayyohlar uchun vizalarni bekor qilish 2021 yilgacha kechiktirildi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
2017 yil 1 apreldan 15 davlat sayyohlari va 12 mamlakatning 55 yoshdan oshgan sayyohlari uchun viza tartibini bekor qilish rejalashtirilgan edi

TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonga tashrif buyuruvchi 27 mamlakat sayyohlari uchun viza tartibini bekor qilish toʻgʻrisidagi 2017 yil 1 apreldan kuchga kirishi lozim boʻlgan prezident farmoni ijrosi 2021 yil 1 yanvarga qadar kechiktirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning bu haqdagi farmoni lex.uz qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan.

Ilgariroq davlat rahbarining farmoniga muvofiq, 2017 yil 1 apreldan 15 davlat sayyohlari va 12 mamlakatning 55 yoshdan oshgan sayyohlari uchun viza tartibini bekor qilish rejalashtirilgan edi.

Dunyoda
Oʻzbekiston qator davlatlar sayyohlari uchun viza tartibini bekor qildi

Hujjatda aytilishicha, keyinchalik roʻyxati qayta koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan muayyan davlatlar bilan viza tartibini soddalashtirish toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasining ular bilan ikki tomonlama munosabatlarining rivojlanish darajasidan, jahon turizm bozorining konʼyunkturasi hamda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik sohasida sodir boʻlayotgan vaziyatdan kelib chiqqan holda koʻrib chiqiladi.

Mazkur hujjat sayyohlik faoliyatini barqaror va bir maromda taraqqiy ettirish, zarur moddiy-texnik bazani shakllantirish, xorijlik sayyohlar va respublika fuqarolari hayoti xavfsizligi va salomatligini taʼminlash, shuningdek, chet el davlatlari bilan teng huquqli tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida qabul qilindi.

Farmonda keltirilishicha, viza tartibini kechiktirish toʻgʻrisidagi taklif Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0