Belorussiyaga yetkizib berilayotgan neft hajmi qisqartirildi

© Sputnik / Mixail Mokrushin / Mediabankka o‘tishNeft masulotlari tashish
Neft masulotlari tashish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan haftada Belorussiyaning Monopoliyaga qarshi kurash va savdo vazirligi Belorussiya quvurlaridan o‘tayotgan neft uchun transport xizmati narxini 7,7 foizga oshirishga qaror qilgan edi.

TOShKENT, 09 yanv — Sputnik. Rossiya energetika vazirligi Belorussiyaga eksport qilinayotgan neft hajmini qisqartirishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti xabariga asosan.

Nashr xabariga ko‘ra, 28-dekabrda Belorussiya tomoniga berilgan grafikka ko‘ra, Rossiya Belorussiyaga rejalashtirilgan 4,5 million tonna o‘rniga 4 mln tonna neft yetkazib beradi.

Neft hajmini qisqartirish — Minskning yetkizib berilgan gazi uchun mavjud bo‘lgan qarzini to‘lashdan voz kechishiga qarshi choradir. Ushbu qarz, Belorussiya gazning shartnomada ko‘rsatilgan narxini nohaq deb tan olishi natijasida paydo bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz Rossiya va Belorussiya orasidagi ushbu tortishuv o‘tgan yil oxirida keskinlashgan edi. Rossiyaning bosh vazir o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich Moskva Minskdan yetkizib berilgan gaz uchun 281 millon $ to‘lov kutayotganini xabar qilgan edi.

Gazning shartnomada ko‘rsatilgan narxi borasidagi muzokaralar 2016-yil boshida boshlangan edi. Rossiya gazning shartnomada ko‘rsatilgan narxi, ming kubometr uchun — 132,77 dollar talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2016-yilda Rossiya gazining Yevropa mamlakatlari uchun narxi o‘rtacha 167-171 dollarni tashkil qilgan.

Yangiliklar lentasi
0