Server Jeparov faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin

© GOALServer Jeparov
Server Jeparov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda Server "Lokomotiv" safida BAAdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi va "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Server Jeparov faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin. Bu haqda futbol agenti San’at Sharipov o‘zining Tvitterdagi rasmiy sahifasida yozgan.

"Eronning "Istiqlol" klubi yaqin soatlarda Server Jeparovga 1,5 yillik shartnoma taklif qilishi mumkin", deb yozadi San’at Sharipov.

Eslatib o‘tamiz, Server Jeparov faoliyati davomida Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni klublarida to‘p surgan. U bir necha bor O‘zbekiston chempioni va kubogi sohibi bo‘lgan, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni chempioni, Koreya liga kubogi sohibi hisoblanadi. Server 2008, 2010-yillarda O‘zbekistonda yil futbolchisi, 2008, 2011-yillarda Osiyoda yil futbolchisi bo‘lgan.

Ayni paytda futbolchi "Lokomotiv" safida BAAdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0