FIFA jahon chempionati qatnashchilari sonini oshirdi

© AP Photo / Michael ProbstFIFA shtab-kvartirasi
FIFA shtab-kvartirasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FIFA qaroriga ko‘ra 2026-yildan boshlab Jahon chempionatlarii yangi tartibda o‘tkazila boshlaydi.

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Xalqaro futbol federatsiyasi kengashi Surixda bo‘lib o‘tgan majlisida Jahon chempionatining final bo‘limida jamoalar sonini 32 tadan 48tagacha oshirishga qaror qildi.

Yangi ko‘rinishdagi Jahon chempionati 2026-yilda o‘tkaziladigan musobaqalarga taaluqlidir. Yangi tartib 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan va 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan JChlarida amal qilmaydi.  

JChning yangi ko‘rinisha haqida hali ko‘p narsa ma’lum emas, lekin terma jamoalar har birida 3 komanda bo‘lgan 16 guruhga bo‘linishi aniq. Yangicha tartib uchun majlisda qatnashgan FIFA kengash a’zolarning barchasi ijobiy javob bergan.

OAV xabariga ko‘ra, yangi tartibdagi JChda kvotalar quyidagicha belgilanadi: Yevropa mamlakatlariga— 16, Afrika mamlakatlariga — 9,5, Osiyoga — 8,5, Janubiy Amerikaga  - 6,5, Shimoliy va Markaziy amerika mamlakatlariga — 6,5 o‘rin, Okeaniya mamlakatlariga 1 o‘rin beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston jamoasi ayni damda o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Oldinda Erona  va Janubiy Koreya.

Yangiliklar lentasi
0