"Orzu laynerlari" Oʻzbekistonga 2019-2020 yillarda keltiriladi

© Sputnik / StringerBoeing 787 Dreamliner
Boeing 787 Dreamliner - Sputnik Oʻzbekiston
"Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK yangi Boeing 787-8 Dreamlinerlarni 2019-2020 yillarda olib keladi, deb xabar qilingan Milliy aviakompaniya rasmiy saytida

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Dreamlinerlar Oʻzbekistonga 2019-2020 yillarda keltiriladi, deb xabar qilingan Oʻzbekiston Milliy aviakompaniyasi rasmiy saytida.

Boeing 787 Dreamliner samolyotini Toshkentda kutib olish - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Boeing Oʻzbekistonga yana uchta "Drimlayner" yetkizib beradi
""Oʻzbekiston Havo yoʻllari" MAKni modernizatsiya va unifikatsiya qilish dasturi doirasida "Boing" korporatsiyasi bilan yana toʻrtta yangi avlod Boeing 787-8 Dreamlinerlarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolandi. Yangi "Orzu laynerlari" 2019-2020 yillarda olib kelinishi kutilmoqda", — deyiladi xabarda.

Ilgariroq, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Milliy aviakompaniyasi yana toʻrtta Boeing-787 Dreamliner samolyotiga buyurtma bergani haqida xabar qilgan edik.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston aviakompaniyasi 2016 yilda ikkita Boeing-787 Dreamliner avialaynerini sotib olgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala