Rossiya

Amerika: "Rossiya bizga hujum qildi"

© Sputnik / Igor Mixalev / Fotobankka oʻtishAQSH bayrogʻi
AQSH bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
"Biz mamlakatimizga uyushtirilgan kiberhujumlar uchun masʼul jismoniy shaxslarga qarshi qoʻshimcha sanktsiyalarni kiritmoqdamiz", - deya oʻz qarorini izohlashdi AQSH senatorlari

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Bir guruh amerikalik senatorlar Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalarni kiritish toʻgʻrisida qonunchilik loyihasini taqdim etdilar, deya xabar qilmoqda RIA Novosti. Nashrda yozilishicha, bu haqda Vashingtonda boʻlib oʻtgan matbuot-anjumanda senator Ben Kardin xabar qilgan.

"Bu Amerika manfaatlariga qarshi ish koʻradigan Rossiyaga qarshi qoʻshimcha sanktsiyalarni kirituvchi keng koʻlamli qonunchilik loyihasidir. Biz hujum ostida qoldik, bizga Rossiya Federatsiyasi hujum qildi. Endilikda bu borada tortishishga hojat qolmadi", — deb taʼkidlagan Kardin.

AQSH prezidenti Barak Obama - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Obama saylovlarga "aralashgani uchun" Rossiyadan oʻch olishga soʻz berdi
Uning soʻzlariga koʻra, sanktsiyalar — AQSH senati tomonidan kiberhujumlar, Ukraina va Qrim, shuningdek, inson huquqlari buzilishi va korruptsiyalar uchun javobgar deb topilgan jismoniy shaxslarga joriy qilinadi.

"Biz mamlakatimizga uyushtirilgan kiberhujumlar uchun javobgar jismoniy shaxslarga nisbatan qoʻshimcha sanktsiyalarni kirityapmiz. Sanktsiyalar tufayli ular eksport bilan shugʻullanish, AQSH bank tizimidan foydalanish huquqidan mahrum boʻladilar", — deb taʼkidlagan Kardin. Senator, shuningdek, qonunchilik loyihasining bir qismi "Ukraina va Gruziyadagi harakatlar" hamda Qrimning Rossiya tarkibiga qoʻshib olinishiga tegishli, deya aniqlik kiritgan.

Senatorga koʻra, sanktsiyalar shuningdek, korruptsiya bilan shugʻullanuvchi hamda soxta xabarlarni oʻz "qurol"iga aylantirganlarga qarshi yoʻnaltiriladi.

AQSH ushbu moddalar boʻyicha aybdor deb topgan jismoniy shaxslarga nisbatan viza tartibini bekor qilib, bank tizimini boklashi mumkinligi taʼkidlanmoqda.

Yangi qonunloyihasiga koʻra, Kongress jismoniy shaxslarni mustaqil ravishda sanktsiyalar roʻyxatiga kiritish imkoniyatiga ega boʻladi.

"Yangi saylangan AQSH prezidenti Donald Tramp qanday pozitsiyani yoqlashidan qatʼiy nazar Kongress Rossiyaning "Ukraina va Suriyadagi harakatlarining oldini olishi shart", — deb taʼkidlagan senator Jon Makkeyn.

AQSH prezidenti Barak Obama - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH prezidenti "Magnitskiy qonuni"ni butun dunyoga joriy qildi
Qonunchilik loyihasi ikkala partiya vakillari — respublikachi Makkeyn va demokrat Kardin hamda Robert Menendeslar tomonidan tayyorlangan. Hujjat qonuniy kuchga kirishi uchun Kongressning ikkala palatalari tomonidan qabul qilinishi va prezident unga imzo chekishi lozim.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning oltinchi yanvar kuni Amerika maxsus xizmatlari maxsus bayonnoma eʼlon qilib, unda Rossiyani AQShdagi preziyentlik saylovlarida aralashganlikda ayblagan edilar. Ammo ular bu ayblovlarga dalil keltirmadilar. Maxsus xizmat buni "maʼlumot oʻta maxfiyligi" bilan izohladi.

Rasmiy Kreml Vashington tomonidan qoʻyilayotgan ayblovlarni toʻliq rad etib kelmoqda. Bir kun avval Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov AQSH maxsus xizmatlari bayonnomasi asossiz ayblovlardan iborat ekanligini va Moskva bu ayblovlardan "charchaganini" aytdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala